$
 12904.51
-33.42
 14575.64
-89.5
 161.99
0.89
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

3 yilda bakalavr diplomi

Bakalavr

Prezidentning tegishli qarori asosida ba’zi bakalavriat yo‘nalishlarida o‘quv yili 3 yil etib belgilangan. Ya’ni, 3 yilda diplom.

3 yilda bakalavr darajasi

Prezidentning 2020-yil 27-fevraldagi "Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, bakalavriatda ayrim ta’lim yo‘nalishlarning kunduzgi shakli o‘quv yili 3 yil etib belgilangan.

Qarorga ko‘ra, 2020 va 2021-o‘quv yilidan boshlab pedagogik ta’lim sohasining 6 ta yo‘nalishida o‘qish muddati 3 yil etib belgilangan.

Qaysi ta’lim yo‘nalishlarida?

3 yilda bakalavr darajasiga erishish mumkin bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari:

1. Musiqa ta’limi;

2. Jismoniy madaniyat;

3. Texnologik ta’lim;

4. Chaqiriqqacha harbiy ta’lim;

5. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;

6. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlaridir.

Qaror taklifi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi o‘quv dasturlari hajmini inobatga olgan holda holda oliy ma’lumotli pedagog mutaxassislar tayyorlash jarayonini optimallashtirish maqsadida ushbu taklifni bergan edi.

Qarorlar ijrosi nazorati

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklatilgan.

Теги :
Jamiyat