$
 12924.92
-13.09
 14620.67
-52.33
 159.94
1.21
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Axborot kodeksi qachon qabul qilinishi maʼlum boʻldi

axborot

O‘zbekiston Axborot kodeksi loyihasi 2025-yil fevralida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi. Bu haqda Toshkentda bo‘layotgan “Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi” doirasida 19-oktabr kuni AOKA direktori Asadjon Xoʻjayev jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Axborot kodeksining to‘liq varianti jamoatchilik muhokamasiga taqdim etiladi

Xoʻjayevning so‘zlariga ko‘ra, YUNESKO hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ekspertlari bilan birgalikda Axborot kodeksi loyihasining uchinchi varianti ishlab chiqildi.

“Ularning takliflarini qo‘shgan holda, hozir kodeks loyihasining to‘rtinchi variantini yaratyapmiz. Shundan so‘ng uni bizning hamkor ekspertlarga jo‘natamiz va, albatta, to‘liq varianti jamoatchilik muhokamasiga taqdim etiladi. Ushbu axborot kodeksi juda katta, uning bir qancha boblari bor va 8 ta qonunni o‘z ichiga olgan. Maxsus konferensiya doirasida va hududlarga chiqib, davra suhbatlari tashkil etish orqali spikerlar bilan birga kodeksni tanishtirib borishni rejalashtirganmiz”, — dedi u.

Kodeks OAV va jamoatchilik muhokamasidan keyin qabul qilinadi

“Biz Axborot kodeksini hamma bilan kelishgan holda qabul qilishimiz kerak. Chunki bu har bir fuqaroga tegishli kodeks bo‘lib, unda axborot olish huquq va erkinlari kafolatlari, axborot izlash va unga ishlov berish, axborot tizimlariga kirish [kabi ko‘p normalar mavjud]. Biz muhokamalar mobaynida xalqimizning media savodxonligini ham oshiramiz. Kiritilgan normalarni tushuntirib borish kerak: bu norma nega kiritildi, u chet elda qanday ishlayapti va O‘zbekistonda qanday ishlaydi, bu normani biz qanday tushunyapmiz [singari savollarga javob berishimiz lozim]. Kodeksni shoshilib, bir-ikki oy ichida o‘zgartish kiritib, tezkorlik bilan qabul qilmaymiz. Albatta, OAV va jamoatchilik muhokamasidan keyin qabul qilamiz”, — dedi AOKA direktori.

Xoʻjayev kodeks aynan qachon qabul qilinishini aytmadi. “Kodeks loyihasining to‘rtinchi variantini yangi yilgacha ekspertlar orasida muhokama qilamiz. 2025-yil fevraldan boshlab, to mart, aprel oyigacha birgalikda ikki-uch oy davomida sizlar bilan (OAV vakillari nazarda tutilmoqda — tahr.) muhokama qilamiz. Jamoatchilik muhokamasidan keyin parlamentga kiritishni rejalashtiryapmiz”, — dedi Asadjon Xoʻjayev.

Loyihaning mohiyati va mazmuni

Hujjat 50 ta manfaatdor vazirlik va idoradan kelishuvdan o‘tkazilgan bo‘lib, 5 ta moddadan tashkil topgan. Ushbu qonunga ilova tarzida 4 ta bo‘lim, 14 ta bob, 131 ta moddadan iborat bo‘lgan Axborot kodeksi tasdiqlanmoqda.

Kodeksda quyidagi 8 ta qonun o‘zaro unifikatsiya qilinishi orqali tizimlashtirilgan:

“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonun;

“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun;

“Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonun;

“Bolalarni ularni sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun;

“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun;

“Jurnalistlik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun;

“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonun;

“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun.

Ta’kidlanishicha, qonunni shakllantirishda axborot qonunchiligi O‘zbekiston qonunchiligiga qisman yaqin hisoblangan MDH davlatlari tajribasi hamda MDH PA Axborot kodeksi model loyihasi o‘rganilgan.

Axborot kodeksi nima beradi?

Mazkur kodeksning qabul qilinishi natijasida fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslari takomillashadi, ya’ni axborot sohasining tarqoq holdagi, biroq mazmunan o‘xshash va tartibga solish qamrovi o‘zaro yaqin bo‘lgan 8 ta qonun bitta normativ-huquqiy hujjat shaklida bir kodeksga jamlanadi, ulardagi ayrim eskirgan va o‘z kuchini yo‘qotgan normalar chiqarib tashlanib, o‘rniga amaldagi qoidalar kiritiladi, deyiladi loyiha ilovasida.

Nurbek Alimov esa “7-modda har qanday bloger yoki OAVni sindirib yuborishi mumkin”ligini ta’kidlagan

Maʼlumot uchun, Axborot kodeksi loyihasi 2022-yilning dekabrida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgach faollarning e’tirozlariga sabab bo‘lgan edi. Jumladan, Bloger Nurbek Alimov tomonidan muammo yuzasidan shunday post qoldirdi : "Mana bu moddalarni qarang, bu moddalar bilan har qanday blogerni, OAVni sudlab sindirib yuborish mumkin. Masalan, birorta OAV saytida material chiqdi, sen u saytga ishonaman, avtoriteti baland. Shunga tayanib yozsang, sen ham qamaqqa marhamat, agar xabari yo'lgon deb topilsa. Bo'lmapti. Jazolash ilk manbaga kirish kerak. damda ham insayderlar yo'q qo'l uchun. Xabarning yo'lg'onligi sud kuchi isbotlangach, qo'llagan manbalar bu xabarni o'tkazib yuborish majburiyatini olishi kerak, xolos, yozolish kerakmas boshqa OAVga tayanib yozgan mualliflar".

Javobgarlik axborot manbaiga o‘tib ketadigan bo‘lsa, yaxshiroq bo‘lardi

Jurnalist muxim A'zamxo'jaev ham 8-moddaga xavfsizlik qaratib, kodeksda "no qo'shimcha", "noholis", "ishonchsiz", "haqqoniy" kabi gaplar kamroq yoki umuman bo'lmaganligi tarafdori ekanini bildirdi.

"Kim va qanday belgilaydi u yoki bu xabarning noto‘g‘ri yo ishonchsiz ekanini? Nega aynan o‘chirib tashlash kerak, raddiya bersa yetarli emasmi? Bahsli masalalar, xullas. Ham, qaysidir ma’noda, erkinlikni cheklaydi. Ayniqsa, OAV axborot manbai bilan birgalikda javobgar bo‘lishi haqidagi gap. Javobgarlik axborot manbaiga o‘tib ketadigan bo‘lsa (nafaqat rasmiy va agentlik xabarlari bilan bog‘liq holatlarda, balki barcha holatlarda ham), yaxshiroq bo‘lardi", — deydi postda.

Jurnalist, shuningdek, kodeks hozirda mavjud 10 ga yaqin hujjatning jamlanmasi ekani, yuqorida keltirilgan "OAV o‘zi tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi uchun axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi", degan norma aslida 20 yil avval yozib qo‘yilganini ta’kidlagan.

"Aytmoqchi bo‘lganim, shuncha ovoragarchilik bilan yangi bir hujjat qabul qilinayotgan ekan, shu bahona eski, yoshini yashab, oshini oshab bo‘lgan hujjatlar bekor qilinayotgan ekan, kodeksga bloger, internet va yana bir qator yangicha so‘z va tushunchalarni kiritish bilan kifoyalanmaylikda, oxirgi besh-olti yildan beri e’lon qilinayotgan bayonot va va’dalarga mos kelmaydigan normalarni ham chiqarib tashlaylik", — deya o'z taklifini bergan bloger.

"Bunday kodeksni yaratish g‘oyasining o‘zi juda ajoyib"

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Nozima Davletova o‘zinining Facebook sahifasida qonun loyihasi bo‘yicha munosabat bildirib, "bunday kodeksni yaratish g‘oyasining o‘zi juda ajoyib" ekani haqida yozgan.

Shuningdek, u loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilishidan oldin yakuniy hujjatning ayrim bandlari davlat nazoratchisi tomonidan Mass-media fondiga taqdim etilmagani uni tashvishga solayotganini ham aytib o‘tgan.

"Jamiyat, davlat va davlat ramzlariga nisbatan tahqirlovchi xarakterga ega yoki hurmatsizlik (shuningdek, behayo so‘zlarni ishlatgan holda) ifodalangan axborotni cheklash to‘g‘risida»gi 45-modda xavflidir. Biz har qanday fuqaroni jinoyatchiga aylantira oladigan bunday mavhum ta’riflar bilan so‘z erkinligini himoya ham qila olmaymiz va, albatta, mustahkamlay ham olmaymiz. Busiz ham, jurnalistlar va blogerlarning kuchli shaxsiy senzurasi hamda endilikda ulardagi mavjud qo‘rquv, haqiqiy so‘z erkinligi rivojlanishiga faqatgina to‘siq bo‘lishi mumkin, xolos", — deydi fond Vasiylik kengashi raisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tartib va qonunlarga rioya etish har ikki tomonning mushtarak harakatlari bilan amalga oshirilsa, samarali kechadi.

"Huquqiy jamiyat uchun davlat idoralarining ochiqligi, jurnalistikaning yuqori standartlari, mediasavodlik qonunlardagi noaniq tushunchalardan ko‘ra sermahsulroqdir. Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi so‘z erkinligi to‘g‘risidagi har qanday qonun hujjatlariga aniq va tushunarli ta’riflarni kiritishga chaqiradi. Axir maqsad taqiqlar jamiyatini emas, balki huquqiy jamiyatni yaratishda-ku, shunday emasmi?" — deya yakunladi Nozima Davletova.