Islom Karimovga tegishli avtomobil sotuvga qo’yildimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda uning narxi 300 ming AQSh dollari ekanligi haqidagi xabarlar tarqaldi.
2 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan Islom Karimovga tegishli avtomobil sotuvga qo’yilganligi haqida xabarlar yuzasidan AntigFake.uz kanali faktcheyking o’tkazdi.
Qaysi avtomobil?
Instagram hamda telegram kanallarda Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovga tegishli boʻlgani aytilayotgan Mercedes-Benz W 221 avtomobili sotuvga qoʻyilgani haqida xabarlar tarqaldi. Undagi xabarlarga ko’ra, ushbu avtomobilning narxi 300 AQSh dollarligi aytilgan.
Rostdan ham sotuvdami?
Telegramʼdagi “AntiFake.uz” faktcheyking kanali mazkur xabarlar yuzasidan maʼlumot berdi. Unga koʻra, mazkur xabarlar haqiqatga mos kelmaydi.
“Eslatib oʻtamiz, aholi oʻrtasida yolgʻon axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud”, — deyiladi xabarda.
Yolg’on axborot uchun javobgarlik
Ma’lumot uchun, 2021-yilda Jinoyat kodeksi va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normalar kiritilgan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimcha (202-2-modda)ga ko‘ra:
- Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmog‘ida tarqatish – BHMning 50 baravari (1 fevralgacha 11 mln 150 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
- Jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmog‘ida tarqatish – BHMning 50–100 baravari miqdorida (22 mln 300 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimcha (244-6-modda)ga ko‘ra:
- shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborot tarqatganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikka takroran yo‘l qo‘ysa, BHMning 150 baravarigacha (33 mln 450 ming so‘m) miqdorida jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
- jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmog‘ida tarqatish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa, BHMning 200 baravarigacha (44 mln 600 ming so‘m) miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlarida yuqoridagi jinoyatlarni javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda sodir etganlik uchun yana ham og‘irroq jazo choralari (BHMning 400 baravarigacha (89 mln 200 ming so‘m) jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash) belgilangan.



