$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Talabalar uylariga xavfsiz yetib borishi uchun qo‘shimcha avtobuslar yo‘lga qo‘yiladi

avtobus

19-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Bu hadqa vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Unda talabalarning qishki ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularning ta’tilni o‘z oilalari davrasida o‘tkazishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalasi muhokama qilindi.

Vazirning mas’uliyatga chaqiruvi

Majlisda vazirlik mas’ullari, Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari qatnashdi.

Yig‘ilishda vazir: “Talabalarning o‘z uylari, ota-onalari bag‘riga xavfsiz va sog‘-salomat yetib borishiga har birimiz birdek mas’ulmiz” – deya ta’kidladi.

Qishki ta’tilga tayyorgarlik ishlari

Qishki taʼtil boshlanishi munosabati bilan Toshkent shahridan hududlarga joʻnab ketadigan 118 mingga yaqin talabaning oʻz uylariga xavfsiz yetib borishi va qaytib kelishi uchun Transport vazirligi hamkorligida amaliy choralar koʻrilayotgani taʼkidlandi.

12-dekabrdan boshlab 50 foiz chegirmaga ega imtiyozli biletlar avia va temiryoʻl kassalari hamda avtovokzallarda sotish boshlangan bo'lib, qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston milliy, Toshkent davlat iqtisodiyot va Toshkent davlat agrar universitetlarida “Sayyor kassalar” tashkil etildi.

Qo‘shimcha transport qatnovlari

Shuningdek, 26-dekabrga qadar ehtiyojga ko‘ra Transport vazirligi bilan hamkorlikda qoʻshimcha avtobus hamda temir yoʻl poyezdlari qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. 

Toshkent shahridan hududlarga bir yo‘nalishda joʻnab ketish istagini bildirgan talabalar soni 40 nafardan oshganda, Transport vazirligi tomonidan avtobus tashkil etib berilishi maʼlum qilindi. 

Bu chora-tadbirlar talabalarning qishki ta’tilni xavfsiz va mazmunli o‘tkazishiga xizmat qiladi.