Auksionda “chiroyli” avtoraqam 474 million soʻmga sotildi
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan avtoraqam.uzex.uz savdo platformasida xarid qilingan avtomobil raqamlarining umumiy soni 680 tani tashkil etdi.
1 daqiqa o‘qiladi

5-dekabr kuni o‘tkazilgan onlayn auksionda jami 4,1 mlrd. so‘mlik avtoraqamlar sotildi. Bu haqda respublika tovar-xom ashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.
Umumiy 680 ta raqam sotildi
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan avtoraqam.uzex.uz savdo platformasida xarid qilingan avtomobil raqamlarining umumiy soni 680 tani tashkil etdi.
Eng arzoni 1,9 mln. soʻm, eng qimmatichi?
Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 6,1 mln. so‘m bo‘lgan. Eng arzon avtomobil davlat raqami 1,9 mln. so‘mga sotildi.
Shu kuni birja savdolari orqali sotilgan eng qimmat avtoraqam 474 mln. so‘mni tashkil etdi.
Eslatib oʻtamiz, to‘qqiz oyda birja savdolarida 152 mingdan ortiq avtomobil raqamlari sotilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 620 mlrd. so‘mni tashkil etgan. Avtoraqamlardan 97%i jismoniy, qolgan 3%i esa yuridik shaxslarga to‘g‘ri keladi.



