$
 12895.55
15.2
 14338.56
-196.91
 159.38
2.7
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Avazbek Olimovga 170 million “yutib bergan” “Go‘zal yorim”

Avazbek Olimov

Xonanda Avazbek Olimov mualliflik huquqinu buzganlikda ayblanib, katta miqdordagi jarimaga tortildi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar berdi.

Shoiraning shikoyati

Xonanda Avazbek Olimov “Go‘zal yorim” she’rini shoiraning ruxsatisiz yillar davomida “Sevar yorim” nomi ostida o‘zgartirib kuylab kelgan. Natijada shoira Mahliyo Ahrorova mualliflik huquqlari buzilgani uchun 200 mln. so‘m ma’naviy zarar hamda 340 mln. so‘m tovon puli talab qilib sudga shikoyat qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan yakuniy qaror FIB Uchtepa tumanlararo sudida e’lon qilindi.

Tovon puli, ma’naviy zarar, davlat boji…

Unga ko‘ra, Avazbek Olimovdan shoiraga 150 mln. so‘m tovon puli, 20 mln. so‘m ma’naviy zarar, 6 680 000 so‘m davlat boji uchun to‘lov va 34 ming so‘m pochta xarajatlari undirish belgilandi.

Shuningdek, xonandaga “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ijro etmaslik majburiyati yuklangan.

Теги :
Jamiyat