$
 12741.76
26.69
 14035.05
-6.2
 139.85
0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

BYD Uzbekistan Factory direktorining so‘zlari yolg‘on bo‘lib chiqdi

BYD E2

BYD E2 modelining rasmiy narxi internet tarmoqlarida tarqaldi. Elektromobilning narxlari 19300 dollar, yoki 242 mln. so‘mdan boshlanadi. Jamoat faollar bu narx xususiy avtosalonlardagi narxdan 42 mln. so‘mga qimmatligi haqida yozmoqda. BYD Uzbekistan Factory direktori Shafqatbek Alimov O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan BYD’lar chetdan olib kelinadiganlaridan arzon bo‘lishini aytgandi.

Xususiy avtosalonlardagi narxdan 42 million so‘m qimmat

“Avtostrada” nashriga ko‘ra, BYD E2 Comfort’ning eng arzon versiyasi 242 million so‘m. Ayni modelning Luxury komplektatsiyasi xususiy avtosalonlarda 200 million so‘mdan sotiladi, demak ishlab chiqaruvchida narxlar 42 million so‘mga qimmatroq. “Bundan tashqari, ushbu narxga Xitoydan avtomobilni olib kelish, QQS, qayta ishlash to‘lovi, sertifikatlash va bojxona to‘lovlari kiradi. Bundan tashqari, ba’zi “kulrang” dilerlar mashinaga 2 yillik kafolat beradi”, - deb yozadi nashr.

Arzon bo‘lishi aytilgan avtomobil

Ma’lumot uchun, “O‘zavtosanoat” joriy yilning iyul oyida BYD Uzbekistan Factory xitoylik hamkorlari bilan yangi modellarni ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishgani, bu modellar BYD Seagull va E2 bo‘lishi xabar qilingandi. Avvalroq, BYD Uzbekistan Factory bosh direktori Shafqatbek Alimov O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan BYD’lar chetdan olib kelinadiganlaridan arzon bo‘lishini aytib o‘tgandi. https://t.me/mtrkuzofficial/213407

Elektromobil importiga boj kiritish masalasi

Prezident bilan tadbirkorlar uchrashuvi oldidan 26-iyulda bo‘lib o‘tgan avtomobilsozlik va elektrotexnika sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqotda esa SSP raisi Davron Vahobov elektromobil importiga boj kiritishni “100 foiz” qo‘llab-quvvatlagandi. Tadbirda O‘zbekistonda KIA avtomobillarini ishlab chiqarayotgan ADM Jizzakh kompaniyasi bosh direktori Doniyor Davletyarov mahalliy bozor “haddan tashqari to‘yingani va qizib ketgani”ni iddao qilib, jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan avtomobillar importini tartibga solish va elektromobillar importi uchun bojlarni qayta tiklash taklifi bilan chiqqandi. Bu tashabbusning ichki bozordagi raqobat muhitiga salbiy ta’sir qilishi sababidan Davletyarovning fikrlari jiddiy tanqidlarga uchradi.

242 mln.so‘m (19 300 dollar) - bu tanlovsizlik tovoni

Iqtisodchi Otabek Bakirov BYD Uzbekistan rasmiy sotuvlarga chiqargan E2 elektromobilining narxini tanlovsizlik tovoni deya ta’kidladi: "Kutilganidek, Xitoyda 12 200 dollar turadigan, xususiy tadbirkorlarda (Luxury komplektasiyasi) 15 600 dollardan sotilayotgan E2 (Comfort) uchun tanasi va cho‘ntagi bir ajdarhoni turli boshlari taklif etayotgan Oniksdan, Trekkerdan ham, Sonetdan ham qimmatroq narx belgilangan. Qizig‘i, tanasi bir, cho‘ntagi bir Ajdarhoning ikkinchi va uchinchi boshlari shu kungacha monopolist deb tan olinmagan. Vaholanki, ular o‘zbek iste’molchisini qoqishtirish uchun birgalikda, til biriktirib, kelishib harakat qilayotganini faqat ko‘rlar ko‘rmasligi mumkin. Raqobat qo‘mitasiga Tok bor’ni monopolistlar qatoriga qo‘shish osonroq va xavfsizroq. Xullas, yomon kutilmalar eng yomon variantda amalga oshdi. Hali bu boshlanishi xolos. Hozircha elektromobil olib-sotar chayqovchilar ertaga ishlab chiqarish tamg‘asi ostida "yig‘ishni" boshlasa, chinovniklar orzu qilganidek, elektromobillar uchun notarif cheklovlarga qo‘shimcha yana bojlar ham kiritilsa, E2 narxi 2,5 yil avval xavotir olib yozganimizdek, 25 ming dollarga ham boradi", - deydi Bakirov. https://t.me/the_bakiroo/8609