$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Attestatsiya yaqin: Qaysi o‘qituvchilar attestatsiyadan o‘tmasdan malaka toifasiga ega bo‘ladi?

attestatsiya

Yaqinda, 29-oktyabrdan pedagog kadrlarning attestatsiyadan o‘tish jarayonlari boshlanishi haqida xabar bergan edik. Attestatsiyadan o‘tishda pedagoglar uchun bir qator imtiyozli holatlar bor. Ulardan biri – to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka toifasiga ega bo‘lish. Quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi toʻgʻridan-toʻgʻri attestatsiyadan oʻtkazilmasdan beriladi:

Maktabgacha ta’limdagi ayrim tarbiyachilar

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining:

– tuman (shahar) bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);

– Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);

– xalqaro hamda respublika bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi).

Sport musobaqalari sovrindorlarining tarbiyachilari

Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining:

– tuman (shahar) bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);

– Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibini (1-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);

– xalqaro hamda respublika bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi).

Ayrim jismoniy tarbiya o‘qituvchilari

Jismoniy tarbiya fan olimpiadasining, shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”, olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarining:

– tuman (shahar) bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);

– Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);

– xalqaro hamda respublika (final) bosqichi gʻolibi va sovrindorlarini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi).

Xalqaro olimpiada sovrindorlarini tayyorlagan o'qituvchilar


Xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrin) sovrindorlarini tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi).

15 yillik uzluksiz ish stajiga ega pedagoglar

Oliy malaka toifasiga (bosh oʻqituvchi lavozimiga) ega boʻlganidan soʻng oliy malaka toifasini (bosh oʻqituvchi lavozimini) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi).