Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°
Читать на русском

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish tartibi belgilandi

Xatlov natijalari obyekt rahbari tomonidan tasdiqlangach, bir ish kuni ichida Ekologiya vazirligiga taqdim etiladi va 15 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.

1 daqiqa o‘qiladi

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish tartibi belgilandi

 2024-yil 19-dekabr kuni “Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish va ulardan chiqayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur Yoʻriqnoma atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash tartibini belgilaydi.

Xatlov bosqichlari

 Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish uchun tayyorgarlik koʻrish;

atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazishda oʻlchashlar olib borish va hisob-kitob ishlarini bajarish;

atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalarini rasmiylashtirish;

 atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalarini kelishish va tasdiqlash.

Xatlovni amalga oshiruvchi tashkilotlar

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

 Obyekt tomonidan atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha tuzilgan materiallar rasmiylashtiriladi va obyekt rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Natijalarni ko‘rib chiqish tartibi

Tasdiqlangan materiallar bir ish kuni ichida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining hududiy organlariga taqdim etiladi. Ushbu materiallar taqdim etilgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqilishi lozim.