$
 12670.05
37.83
 13560.75
82.17
 138.00
3.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyoviy davlatda radikallashuvga oʻrin yoʻq

Atlas

Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkak Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Atlas Party"da qatnashgan ayollar va ularning liboslarini haqoratlangan videosi tarqalgan edi. Mazkur holat bo‘yicha sud hukm chiqardi.

Atlas Party tadbiri

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, sud ushbu holat yuzasidan erkakni 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qildi. Qayd etilishicha, 20-aprel kuni “Zamonaviy ayollar” klubi tomonidan "Atlas Party" nomli milliy liboslar targ‘ibot tadbiri o‘tkazilgan va undan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi murojaat qildi

“Tadbir ishtirokchilarining ijtimoiy tarmoqlarda Dilmurod Mallayev tomonidan videochiqish orqali haqoratlanishini yurtimiz xotin-qizlari „sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish“ deb biladi va bu holatni keskin qoralaydi”, — deyiladi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xabarida.

Qo‘mita uning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va chora ko‘rish yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qildi.

Keyinroq Dilmurod Mallayevning o‘zi ayollarni haqorat qilgani uchun uzr so‘rab chiqdi.

“Men qilgan ishlarim oqibatlarini tushunib yetdim. Xudo xohlasa, bu ishni boshqa qaytarmayman. Bundan buyog‘iga o‘zimni ishlarim va bizneslarim bilan shug‘ullanaman”, — dedi u.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumoti

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati tadbir ishtirokchilari 36 yoshli erkakka nisbatan qonuniy chora ko‘rish uchun ariza bilan murojaat qilganini xabar qildi.

23-aprel kuni Dilmurod Mallayev Shayxontohur tumani IIOga taklif etilgan hamda o‘zining shaxsiy diniy qarashlaridan kelib chiqqan holda atlas targ‘ibotini olib borgan ayollarga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatganini aytgan.

Jazo muqarrar

Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi erkakni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik) asosida 15 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosiga hukm qildi.