$
 12909.80
7.8
 13415.86
-12.54
 129.09
1.49
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston armiyasining jangovar shaylik tadbirlari 1,5 barobarga ko‘paydi

armiya

2024-yilning 11-oyida Mudofaa vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslardan 3 241 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida aytib o‘tildi. 

Qo‘shinlarimiz tayyorgarligini oshirish uchun nimalar qilinmoqda?

Milliy armiyamizning jangovar shayligi va tayyorgarligini oshirishda asosan zamonaviy qurolli to‘qnashuvlar tahlillari hamda rivojlangan xorijiy armiyalarning ijobiy tajribalari qo‘shinlarga tatbiq etilgan.

Natijada o‘tgan yilga nisbatan jangovar shaylik tadbirlari 1,5 barobarga ko‘payib, qo‘mondonlik tarkibining kasbiy tayyorgarligini oshirishga erishilgan.

Fuqarolar harbiy ro‘yxatga ortiqcha qog‘ozbozliklarsiz kiritilmoqda

Mudofaa vazirligi “Avtomatlashtirilgan axborot tizimi va maʼlumotlar bazasi” axborot tizimining “Chaqiruv” tizimosti dasturi barcha mudofaa ishlari boshqarma va bo‘limlariga tatbiq qilinib, elektron maʼlumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Ichki ishlar vazirligining “Manzil”, Adliya vazirligi huzuridagi “Xorijga chiqish pasporti”, “Yoshlar balansi” hamda “Elektron hukumat” platformalari integratsiya qilinib, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarga oid maʼlumotlar elektron bazasi yaratilgan.

Natijada mudofaa ishlari organlarining fuqarolarga harbiy ro‘yxatga kiritish va undan chiqarish faol davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati yaratildi. Ularga oid maʼlumotlarni taqdim qilish bilan bog‘liq masalalarda byurokratizm va boshqa to‘siqlarga barham berilgan.

Qancha murojaat kelib tushgan?

Mudofaa vazirligi tizimida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 2024-yilning 11-oyida Mudofaa vazirligiga jismoniy va yuridik shaxslardan 3 241 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 1 342 tasi ijobiy hal etilgan, 1 526 ta murojaatga huquqiy maslahat berilgan va 115 tasi o‘rganib chiqilmoqda.

Mudofaa vazirligi rahbariyati va masʼul xodimlari tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullarda 560 dan ziyod jismoniy va yuridik shaxslar qabul qilingan va ularga tegishli amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Теги :
Jamiyat