“my.gov.uz”da arizalar soni 28 milliondan oshdi
Hududlar kesimida arizalar soni bo‘yicha Toshkent shahri 5,2 mln. bilan yetakchilik qilmoqda.
2 daqiqa o‘qiladi

2024-yilning 10 oyi davomida my.gov.uz portaliga kelib tushgan arizalar soni 28 milliondan oshdi. Shundan 6,6 millioni mobil ilova orqali ariza topshirgan bo‘lsa, 21,5 millioni my.gov.uz portali orqali ariza yuborgan. Shuningdek, arizachilarning 20,8 millioniga bepul, 7,3 millioniga esa pullik xizmat ko‘rsatilgan.
Kunlik oʻrtacha foydalanuvchilar soni 250 ming kishi
Hozirgi kunda yagona portalda 670 dan ortiq davlat xizmatlari mavjud. Portaldan kuniga oʻrtacha 250 ming kishi foydalanadi. Shu bilan birga joriy yilning o‘tgan davri mobaynida yagona billing tizimida 41,3 million tranzaksiya amalga oshirilgan.
2024-yilda yuklab olingan ma’lumotnomalar:
2,1 mln. mehnat daftarchasidan
1,3 mln. domiy yashash joyi bo‘yicha ma’lumotnoma
0,5 mln. doimiy yashash joyidagilar haqida ma’lumotnoma
0,4 mln. sudlanmaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Yoshlar kesimida foydalanuvchilar
Yoshlar kesimida my.gov.uz portalidan foydalanganlarning 8,7 %i 20 yoshgacha, 28,2 %i 20 yoshdan 30 yoshgacha, 63,1 %i esa 30 yoshdan oshgan fuqarolardir.
Hududlar kesimida
Hududlar kesimida arizalar soni bo‘yicha Toshkent shahri 5,2 mln. bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlar quyidagicha:
Toshkent viloyati – 3 mln.
Samarqand viloyati – 2,7 mln.
Andijon viloyati – 2,5 mln.
Farg‘ona viloyati – 2,3 mln.
Qashqadaryo viloyati – 2 mln.
Namangan viloyati – 1,7 mln.
Jizzax viloyati – 1,5 mln.
Xorazm viloyati – 1,4 mln.
Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida – 1,3 mln.dan
Qorqalpog‘iston Respublikasi – 1,2 mln.
Navoiy va Guliston viloyatlarida – 1 mln.dan arizalar topshirilgan.



