Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 90 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +10°

Aripov va Barodar Toshkentda nimalarni muhokama qildi?

Kuni kecha, 22-fevral kuni Toshkentga kelgan Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mullo Abdul G‘ani Barodar O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokara o‘tkazdi.

2 daqiqa o‘qiladi

Aripov va Barodar Toshkentda nimalarni muhokama qildi?

Kuni kecha, 22-fevral kuni Toshkentga kelgan Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mullo Abdul G‘ani Barodar O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokara o‘tkazdi.

Rasmiy axborot

Bosh vazir matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda o‘zaro aloqalar do‘stlik, hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangani, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bilan barcha sohalarda konstruktiv va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotgani ta’kidlangan. “Oxirgi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. O‘tgan yili “Termiz xalqaro savdo markazi” ochilgani ikki tomonlama savdoni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Uchrashuvda o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, energetika, transport va boshqa sohalarda hamkorlikni izchil rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi”, – deyiladi ma’lumotda.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad nima?

Ikki kunlik tashrif davomida Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, savdo va tranzit aloqalarni kengaytirish, shuningdek, Afg‘onistonga o‘zbek investitsiyasini jalb qilish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, tashrif davomida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, savdo-sotiq imkoniyatlarini oshirish va tranzit masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan. 

Afg‘oniston bosh vazir o‘rinbosari Mulla Abdulg‘ani Barodar rahbarligidagi yuqori darajadagi delegatsiya tarkibida Toshkentga tashrif buyuradigan rasmiylar quyidagilar ekanligi ma’lum:

Hedoyatulloh Badriy – Foydali qazilmalar va neft vaziri 

Hamidulloh Oxunzoda – Transport va aviatsiya vaziri 

Nuriddin Aziziy – Sanoat va savdo vaziri

Atoulloh Omoriy – Qishloq xo‘jaligi, sug‘orish va chorvachilik vaziri

Nur Ahmad Og‘a – "Da Afg‘oniston Bank" prezidenti  

Abdul Matin Said – Moliya vazirining daromad va bojxona ishlari bo‘yicha o‘rinbosari