$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Zaha Hadid architects kompaniyasi Alisher Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi loyihasini taqdim etdi

ZHA

O‘zbekistonning Yangi Toshkent shahrida quriladigan Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tarkibida Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, majmua tarkibida davlat adabiyot muzeyi, 400 o‘rinli zal, xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, 200 o‘rinli o‘zbek tili, adabiyoti va musiqasi maktabi ham bo‘ladi. Zaha Hadid architects byurosi o‘zining Instagram sahifasida hozirda qurilish ishlari davom etayotgan majmua loyihasini taqdim etdi.

O‘zbekiston me’morchiligi tarixidan ilhomlanib

Me’morlar loyihani yaratishda O‘zbekiston me’morchiligi tarixiga tayanishgan. O‘zbekiston madaniy merosiga chuqur ta’sir ko‘rsatgan XV asrda yashab, ijod qilgan shoir, yozuvchi, tilshunosi va davlat arbobi Alisher Navoiy nomi bilan atalgan markazning gumbazsimon peshtoqlari va ichki qismlari Toshkentning mahalliy pechlarida tayyorlangan g‘ishtdan quriladi. Bu esa O‘zbekistonning mashhur an’anaviy me’morchiligiga xos egri chiziqli shakllarni aks ettiradi. O‘zbek xalqining yana bir an’anasi bo‘lmish hovlilar yangi markazga tabiiy yorug‘lik va shamollatishni ta’minlash, shuningdek, turli ochiq yig‘ilish joylari va shaxsiy mulohaza uchun maydonlar yaratish maqsadida kiritilgan.

Markaziy Osiyo iqlimiga mos innovatsion dizayn

Markazning dizayni o‘zining O‘rta Osiyodagi joylashuvi va O‘zbekistonning O‘rtayer dengizi kabi iqlimiga mos ravishda passiv sovitish tamoyillariga asoslangan. Ya’ni, qurilishda Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqning iqlimi inobatga olinib, sovitish tizimida shamoldan ham foydalanishga e’tibor qaratilgan. Sovitish tizimida Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqning an’anaviy shamol minoralari bilan ilhomlangan bo‘lib, ichki haroratni sovuqroq saqlaydi.

Bunday tizim yuqori haroratli oylarda ventilyatorlar va namlatish tizimi yordamida havo aylanmasini sovitadi. Issiq kunlarda esa, markazning ichi bosim farqi tufayli yuqoriga qizigan havoni chiqarib yuboruvchi termal quvur tizimi orqali shamollatiladi. Shu bilan birga, markazning yuqori issiqlik massasi minimal energiya sarfi bilan qulay sharoitlarni ta’minlaydi.

Binoning hovli va derazalari orqali tabiiy yorug‘lik kiradi, chuqur joylashtirilgan tom qoplamalari esa yozda quyosh nurlaridan himoya qilsa, qishda esa bino ichini isitishga yordam beradi.