$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Avgust – sentyabr oylarida 3,1 mlrd. so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi

davlat xaridlari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan joriy yilning avgust – sentyabr oylarida davlat buyurtmachilari tomonidan jami 3,1 mlrd. so‘mlik 11 ta davlat xaridida qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Qaysi davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvi aniqlangan?

Agentlik xabar berishicha, quyidagi davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan:

- Narpay tuman Tibbiyot birlashmasining 673 mln. so‘mlik;

- Shumanay tumani yo‘llardan foydalanish davlat muassasasining 343 mln. so‘mlik;

- Kattaqo‘rgon tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 215 mln. so‘mlik;

- Oltinsoy tumani hokimligining 193 mln. so‘mlik;

- Qumqo‘rg‘on tumani 2-son kasb-hunar maktabining 115 mln so‘mlik;

- Buxoro Davlat Pedagogika instituti huzuridagi Akademik litseyining 56 mln so‘mlik davlat xaridlari.

Shuningdek, “Qamchiqavtoyo‘l ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish korxonasi” davlat muassasasi buyurtmachiligida o‘tkazilgan 1,5 mlrd so‘mlik davlat xaridida o‘zaro affillangan shaxslar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan.

Ularga qonuniy chora ko‘riladi

Agentlikning taqdimnomalariga asosan xarid komissiyasining g‘olibni aniqlash haqidagi bayonnomalari bekor qilinib, mazkur davlat xaridlarining qonunga xilof ravishda o‘tkazilishining oldi olindi.

O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.