$
 11814.05
11.86
 13482.19
-45.48
 139.93
0.06
weather
+26
Кечаси   +14°

ANORBANK aksiyadorlaridan biri xalqaro qidiruvga berildi

anorbank

ANORBANK aksiyadorlaridan biri Qahramonjon Olimov xalqaro qidiruvga berildi. U haqidagi ma’lumot 24-sentyabr kuni INTERPOL bazasida e’lon qilindi. Olimov o‘zining o‘g‘irlab ketilishini sahnalashtirganlikda gumon qilinmoqda.

ANORBANK vakillari ushbu xabarlar ortidan rasmiy munosabat bildirib, vaziyat bank faoliyatiga ta’sir qilmasligini ma’lum qildi.

Avvalroq o‘g‘irlab ketilgani aytilgandi

Qahramonjon Olimov bilan bog‘liq voqea avvalroq ham jamoatchilik e’tiboriga tushgan edi. Dastlab uning o‘g‘irlab ketilgani haqida xabarlar tarqaldi. Keyinchalik hodisa sahnalashtirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Endilikda Olimov xalqaro qidiruvga berilgani ma’lum bo‘ldi.

ANORBANK bayonotida bu holat aksiyadorning shaxsiy masalasi ekani, u bank faoliyati, kapitali hamda mijozlar bilan bog‘liq operatsiyalarga ta’sir qilmasligi ta’kidlangan.

Markaziy bank ANORBANKdagi holatni o‘rgandi

21-sentyabr kuni Markaziy bank vakillari ANORBANKka borib, uning moliyaviy holatini o‘rgangan. Bankning likvidligi, kapital yetarliligi va boshqa muhim ko‘rsatkichlari tekshirilgan.

ANORBANK ma’lumotiga ko‘ra, tekshirilgan ko‘rsatkichlar belgilangan me’yorlar doirasida bo‘lgan. Bank hozir ham odatdagi tartibda ishlashda davom etayotganini ma’lum qildi.

Теги :
Jamiyat