Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 76 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +8° kechasi +6°

O‘zbekistonda mashhurlikka erishgan anor suvi salomatlik uchun xavfli

Afg‘oniston anor suvlarida sog‘liq uchun xavfli moddalar borligi aniqlandi.

2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda mashhurlikka erishgan anor suvi salomatlik uchun xavfli

Afg‘oniston anor suvlarida sog‘liq uchun xavfli moddalar borligi aniqlandi.

Tadqiqotlari natijalari

Laboratoriya tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, ushbu anor ekstraktli suvlar tarkibida inson organizmi uchun xavfli bo‘lgan azorubin E-122 bo‘yoqlari (krasitel) mavjud. Bu ayniqsa bolalarning faolligi va aqliy salohiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois bu suvlar Qirg‘izistonda taqiqlangan. Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi savdo nuqtalaridan Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan “Golden Life” anorli gazlangan ichimlik mahsulotlari olib qo‘yilmoqda. 

Qirg'izistondagi vaziyat

O‘sh shahar hokimligining ma’lum qilishicha, Ish Qirg‘iziston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklarning oldini olish va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti buyrug‘iga asosan olib borilmoqda. Shuningdek, davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti ham chakana savdo tarmoqlari rahbarlariga ushbu mahsulotlarni sotishni taqiqlash to‘g‘risida buyruq berilganini ma’lum qilgan.

Azorubin E-122

Azorubin E-122 – bu sintetik oziq-ovqat bo'yoqchisi bo'lib, u oziq-ovqat mahsulotlariga qizil rang berishda qo'llaniladi. Uning inson salomatligi uchun zararlari yetarlicha bo'lib, quyida ularning ba'zilarini sanab o'tamiz. Ushbu bo'yoq asosan karbon qizil bo'yoq sifatida ham tanilgan va turli xil mahsulotlarda ishlatiladi. Ba'zi odamlar azorubinga nisbatan sezgir bo‘lib, u allergik reaksiyalar, teri toshmasi, astma yoki g‘ichishishni keltirib chiqarishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, azorubin bolalarda hiperaktivlikni kuchaytirishi mumkin. Bu holat "Feingold dietasi" orqali tasdiqlangan. Ba'zi tadqiqotlar azorubin E-122 ning uzoq muddatli iste'moli ba'zi insonlarda salomatlik muammolariga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatgan. Bu jumladan jigar va buyraklarga zarar yetkazishi mumkin. Ko‘plab mamlakatlar bu bo‘yoqning oziq-ovqat mahsulotlarida foydalanishiga cheklovlar qo‘ygan. Har bir mamlakatning ruxsat etilgan kundalik iste'mol miqdori mavjud va bu miqdorni oshirmaslik tavsiya etiladi. Xulosa o'rnida, azorubin E-122 oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘rinishini yaxshilash uchun keng qo‘llanilsa-da, uning sog‘liq uchun salbiy ta'sirlari keragidan ortiq.