$
 12758.36
-19.76
 14820.11
-111.12
 163.34
-0.67
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekiston 24 soat havoda qolishi mumkin bo‘lgan ANKA dronlarini sotib olmoqchi

Anka

Turk matbuotida e’lon qilingan xabarda ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Turkish Aerospace Industries (TAI) bilan ANKA operativ-taktik dronlarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan.

Shartnoma mazmuni

Turkiya matbuoti TUSAŞ mudofaa kompaniyasi O‘zbekiston bilan ANKA dronlarini eksport qilish bo‘yicha shartnoma imzolagani haqida xabar berdi. Yaqin kunlarda uchuvchisiz samolyotlarni yetkazib berishni boshlash rejalashtirilgan. Kelishuv “Turkiyaning global ishtirokini kengaytirish va harbiy uchuvchisiz samolyotlar bozorida yetakchi oʻrinni egallashga qaratilgan”, - deya taʼkidlaydi turk tomoni. Bugungi kunga qadar TUSAŞ ANKAni yettita davlatga, shu jumladan Qozog'istonga eksport qilgan edi.

ANKA droni haqida

ANKA o‘rta balandlik va uzoq masofada parvoz qiluvchi uchuvchisiz uchish qurilmasi bo‘lib, dron razvedka, kuzatuv va zarba berish kabi vazifalarini bajaradi. Uzunligi 8 metrni qanotlari kengligi esa 17,3 metrni tashkil etadi. Dron 9 000 metr balandlikda parvoz qilib, 24 soat havoda qolishi mumkin. Uning maksimal tezligi 217 km/soatni, yuk ko‘tarish qobiliyati esa 350 kilogrammni tashkil qiladi.

Теги :
Jamiyat