$
 12589.35
-83.46
 14656.52
-97.17
 157.64
-1.25
weather
+26
Кечаси   +14°

Amir Temurdan meros — Bog‘ibaland anjirzorlari gullab-yashnamoqda

anjir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-fevraldagi PQ-57-son qaroriga muvofiq, Agrobank hurmo, anjir, olma va nok yetishtirish bo‘yicha aniq vazifalarni amalga oshirishi belgilangan. Ushbu topshiriqlar doirasida “Uzun Agro Star” va “Baxmal Agro Star” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tashkil etildi.

“Uzun Agro Star” faoliyat yo‘nalishlari

“Uzun Agro Star”ning asosiy vazifalari — anjir va hurmo yetishtirish, ularni qayta ishlash, qadoqlash, eksport qilish, shuningdek, agroturizmni rivojlantirishdan iborat. Kompaniyaning ixtisoslashgan hududlari sifatida Surxondaryo viloyatining Uzun tumani hamda Kattakurgon va Kitob tumanlari belgilangan.

Agroturizm va milliy brendni targ‘ib etish

Hududlarda agroturizmni rivojlantirish va milliy brendni ommalashtirish maqsadida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, seminarlar va sayllar o‘tkazilmoqda. Shu doirada, 2024-yil 9-avgust kuni Amir Temur davridan buyon asrlar davomida saqlanib kelayotgan Samarqand viloyatidagi Bog‘ibaland anjirgohlarida Agrobank tashabbusi bilan “Anjir sayli” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bank ekotizimidagi “Agrolab” va “Agro In Vitro” loyihalari hamda Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti ishtirok etdi.

Anjir va hurmo yetishtirish holati

2024-yilgi hosil ko‘rsatkichlari

➖Anjir — 2,8 ming gektar maydondan 27,7 ming tonna hosil olindi.

➖Hurmo — 5 ming gektar maydondan 110 ming tonna hosil yig‘ildi.

“Uzun Agro Star”ning amalga oshirgan ishlari

200 ming xonadonga jami 2 mln dona ko‘chat yetkazib berish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kungacha 444 ming dona hurmo va anjir ko‘chatlari tarqatildi. Yil yakuniga qadar qolgan ko‘chatlar yetkaziladi.

Shuningdek:

–“Fermerlar maktabi” onlayn platformasi orqali 470 nafar fuqaro bilim va sertifikatga ega bo‘ldi.

– Turkiyadan agronom mutaxassislar jalb etildi.

– 25 gektar maydonda intensiv bog‘lar tashkil etildi.

Yangi texnologiyalar va innovatsion loyihalar

– Xitoy tajribasi asosida issiqxonalarda anjir yetishtirish.

– Yapon usulida hurmodan mayiz va chipslar ishlab chiqarish.

– “Namunali bog‘ ko‘chasi” loyihasini yo‘lga qo‘yish.

– 100 gektarlik zamonaviy agrokompleks majmuasini tashkil etish.

Ishlab chiqarishdan eksportgacha to‘liq tizim

Uzun tumanida barpo etilishi rejalashtirilayotgan agrokompleks hurmo va anjir yetishtirishdan boshlab, ularni qayta ishlash, ichki bozorga yetkazib berish hamda eksport qilish bosqichlarini qamrab oladi. Majmua zamonaviy ishlab chiqarish va turizm infratuzilmasiga ega bo‘ladi.

Iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati

Loyiha to‘liq ishga tushgach, 250 nafar doimiy ish o‘rni yaratiladi. Agrokompleks mahalliy aholining bandligini ta’minlash, hosilni qayta ishlash va eksport hajmini oshirish bilan birga, agroturizm orqali hududning iqtisodiy va madaniy salohiyatini yuksaltiradi.