$
 12920.16
-13.0
 14681.18
-38.05
 158.61
0.33
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

“Andijon” O‘zbekiston kubogi sohibi

“Andijon”

Andijon viloyatining “Andijon” futbol klubi O‘zbekiston kubogi finalida Namangan viloyatining “Navbahor” jamoasini mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi.

Osiyo Chempionlar ligasi yo‘llanmasi

O‘zbekiston kubogi-2024 finalida vodiyning ikki jamoasi “Andijon” “Navbahor”ga qarshi to‘p surib, 122-daqiqadagi kiritilgan gol evaziga o‘z tarixida ilk bor kubok sohibiga aylandi va 2025-yilda Osiyo Chempionlar ligasida qatnashadigan bo‘ldi. Finalga bo‘lgan qiziqish qanchalik yuqori ekanligini vodiyning uch viloyati Farg‘ona, Namangan va Andijon hokimlari ham bu bahsni tomosha qilish uchun “Istiqlol” stadioniga kelganidan ham bilsa bo‘ladi.

O‘yin tafsiloti

35-daqiqada namanganliklar vakili Abrorbek Ismoilov hisobni ochgan bo‘lsa, 82-daqiqada Muhammadkarim Toirov farqni tenglashtirdi – 1:1. 116-daqiqada Andijon jamoasi Islom Mamatkazinning goli evaziga g‘alabani ilib ketgandek edi, ammo Toma Tabatadze 118-daqiqada hisobni tenglashtirdi va jamoalar penaltilar seriyasiga o‘tadigandek edi, go‘yo. Ammo bunga andijonliklar himoyachisi Vladimir Bubanya rozi bo‘lmadi va 120+2-daqiqadagi goli evaziga “Andijon”ga o‘z tarixidagi eng muhim g‘alabani keltirdi.