Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +18° kechasi +9°
Читать на русском

Endi “American Dream” chindan ham orzuga aylanishi mumkin

Tramp ma’muriyati Jo Baydenning muhojirlarning mamlakatga qonuniy yo‘l bilan kirishiga ruxsat bergan gumanitar dasturlarini to‘xtatish niyatida.

1 daqiqa o‘qiladi

Endi “American Dream” chindan ham orzuga aylanishi mumkin

AQShning bo‘lajak prezidenti Donald Tramp o‘z lavozimiga kirishgach, immigratsiya nazoratini kuchaytirish choralarini ko‘rishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Qonuniy kirish ham qisqarmoqda

Unga ko‘ra, respublikachi mamlakatga qonuniy kirish uchun asosiy dasturlarni ham to‘xtatmoqchi.

Bunday choralar Federal Immigratsiya xizmati xodimlariga sudlanmagan shaxslarni hibsga olish vakolatlarini beradi. Shuningdek, bu qo‘shinlarni Meksika — AQSh chegarasiga o‘tkazish va chegara devorini qurish bo‘yicha ishlarni davom ettirish imkonini taqdim etadi.

Ruxsatnomasining muddati tugaydiganlar AQShni tark etadi

Tramp ma’muriyati Jo Baydenning muhojirlarning mamlakatga qonuniy yo‘l bilan kirishiga ruxsat bergan gumanitar dasturlarini to‘xtatish niyatida. Bu ruxsatnomalar muddati tugaydiganlar uchun AQShni tark etishga sabab bo‘lishi mumkin.

Ommaviy deportatsiya

Bundan oldin noqonuniy muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilish Trampning saylovoldi kampaniyasidagi va’dalaridan biri ekanligi haqida yozgan edik.

Unga ko‘ra, yangi saylangan prezident Donald Tramp NBC News telekanaliga payshanba kuni bergan intervyusida yanvar oyida lavozimga kirishganidan so‘ng uning birinchi ustuvor vazifalaridan biri chegarani “mustahkam va qudratli” qilish bo‘lishini ma’lum qilgan. Ommaviy deportatsiyalar haqidagi saylovoldi va’dasi xususida so‘ralganda, Tramp ularni amalga oshirishdan boshqa iloji yo‘qligini ta’kidlagan.