Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +18° kechasi +9°
Читать на русском

Jeff Bezos Amazon’ning $2,7 milliardlik aksiyalarini sotdi

Ayni paytda tadbirkor kompaniyaning 22 millionga yaqin aksiyasini sotib boʻldi.

1 daqiqa o‘qiladi

Jeff Bezos Amazon’ning $2,7 milliardlik aksiyalarini sotdi

Jeff Bezos noyabr oyida Amazon’ning $2,7 milliardlik aksiyalarini sotdi. Bu haqda “Interfaks” manbalarga tayanib, xabar bermoqda.

Kompaniyaning 22 millionga yaqin aksiyalari sotilib bo‘ldi

Savdolar 2025-yil oxirigacha 25 million dona aksiyani sotish oldindan belgilangan rejalar doirasida amalga oshirilmoqda. Ayni paytda tadbirkor kompaniyaning 22 millionga yaqin aksiyasini sotib boʻldi.

Amazon kapitallashuvi 37,5 foizga oshgan

Joriy yil boshida beri Bezos Amazonʼning $8 milliardlik aksiyalarini sotgan boʻlsa-da, u hali ham kompaniyaning taxminan $220 milliardlik aksiyalariga egalik qiladi. 2024-yilda Amazon kapitallashuvi 37,5 foizga oshib, $2,17 trillionni tashkil qildi.

Ma’lumot uchun, Jeff Bezosning umumiy boyligi qariyb $230 mlrd.ni tashkil qilib, dunyoning eng boy insonlari qatorida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.