$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyaning tarixiy xatosi: Alyaskaning sotilishi

Alyaska

Alyaskaning AQShga sotilishi dunyo tarixidagi qiziqarli va muhim voqealardan biri hisoblanadi. O‘z vaqtida befoyda yer deb hisoblangan joy kelgusida juda qimmatli bo‘lib chiqadi. 

Alyaskani sotib yuborish fikri

Alyaska 1732-yilda Mixail Gvozdev va Ivan Fyodorovlar boshliq rus ekspeditsiyasi tomonidan kashf etilgan hamda Rossiya imperiyasi mulki deb e’lon qilingan. Uzoq yillar bu o‘lkaning imperiya uchun biror-bir nafi tegmadi. Alyaskadan davlat emas, jismoniy shaxslar foydalanib yurishdi. 1799-yilda Alyaskada “Rus-Amerika” kompaniyasi deb nomlangan maxsus monopolistik tashkilot tuzildi. Bu tashkilot Alyaska Qo‘shma Shtatlarga sotilgunga qadar bu hududni boshqarib keldi. Alyaskani sotib yuborish fikri Sharqiy Sibir gubernatori graf Nikolay Muravyov-Amurskiydan chiqqan edi. 1853-yilda u imperatorga yozgan xatida Rossiya bunchalar uzoqda bo‘lgan bu o‘lkani saqlay olmasligini, imkon bo‘ldi deguncha Alyaskani pullab, bu mablag‘ni ichki muammolarni hal qilish hamda Sibir, Amurbo‘yi yerlarini o‘zlashtirishga, Osiyodagi ta’sirlarni kuchaytirishga sarflash lozimligini batafsil tushuntiradi. 

Ehtimoliy bosqin xavfi

Turli xil urushlarga aralashib qolgan, iqtisodi ancha nochor ahvolga tushib qolgan Rossiya bordiyu Alyaskaga birorta davlat hujum qilsa himoya qilolmasligi aniq edi. Alyaska sotilmasa yo borgan sari qudrati oshib borayotgan AQSh, yo Rossiya bilan yovlashib yurgan Buyuk Britaniya ertami-kechmi bu hududga ko‘z tikishi va egallab olishi aniq edi. Bu holat imperator Aleksandr II ning ukasi, buyuk knyaz Konstantin Nikolayevichni tashvishga soladi va u Vashingtondagi Rossiya vakili, baron Eduard Steklga Alyaskani sotish lozimligi uqtiradi. 1857-yilda Rossiya tashqi ishlar vazirligi bu taklifni ko‘rib chiqadi va ma’qullaydi. Lekin bu masala AQShda boshlangan fuqarolar urushi tufayli keyinga qoldiriladi. 1866-yilda Aleksandr II ning o‘zi ham ishtirok etgan maxsus kengashda Alyaskani kamida 5 mln dollarga sotishga qaror qilinadi. 

Picture background

Tarixiy xarid

1867 AQSh prezidenti Jonson bu fikrni ma’qullaydi va bu masala yuzasidan Uilyam Syuardni vakili etib tayinlaydi. 1867-yil 30-martda Alyaska sotilishi bo‘yicha ikkitomonlama shartnoma imzolanadi. Umumiy maydoni 1 518 800 km² bo‘lgan Alyaska 7, 2 million dollar (hozirgi hisob bo‘yicha taxminan 120 million dollar) qiymatga teng oltin berish sharti bilan AQSh davlatiga sotilgan. Bu har gektarga taxminan 2 sentni tashkil qilgan. 1867-yilning 18-oktyabrida Alyaska rasman AQShga topshirildi. Ushbu voqea ba’zan "Syuardning ahmoqligi" deb ham atalgan, chunki ko‘plab amerikaliklar o‘sha vaqtda Alyaskani befoyda yer deb hisoblaganlar. Ammo kelgusi yillarda Alyaska juda qimmatli bo‘lib chiqdi: u nafaqat boy tabiiy resurslarga, shu jumladan oltin va neftga boy bo‘lgan, balki AQShning janubiy qit’asiga geosiyosiy afzalliklar ham bergan.

Alyaskaning iqtisodiy va geosiyosiy ahamiyati

Alyaska AQSh uchun katta iqtisodiy naf keltirgan, chunki u oltin, neft va gazga boy bo‘lib chiqdi. Bu tabiiy resurslardan foydalanish AQSh iqtisodiyotini sezilarli darajada rivojlantirdi. Alyaska AQSh uchun Sovet Ittifoqi bilan bo‘lgan Sovet-Amerika urushi davrida strategik harbiy baza sifatida muhim bo‘lgan. Uning joylashuvi AQShning qit’alar o‘rtasidagi aloqalari va muhofazasi uchun ahamiyatli hisoblangan. Bugungi kunda Alyaska AQShning eng katta shtatlaridan biri bo‘lib, uning tabiiy resurslari hanuzgacha muhim rol o‘ynaydi. Alyaska nafaqat neft va gaz ishlab chiqaruvchi mintaqa, balki turizmning rivojlangan hududi sifatida ham tanilgan. Madaniy jihatdan ham, Alyaskaning qo‘shilishi AQShga yanada rang-baranglik qo‘shgan.

Теги :
Iqtisodiyot