O‘zbekiston 153 ta davlat bilan diplomatik aloqaga erishdi
Afrika qitʼasida joylashgan Botsvana 153-diplomatik aloqaga erishilgan davlat boʻldi.
1 daqiqa o‘qiladi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ushbu davlat TIV rahbari Lemogang Kvape bilan diplomatik aloqalar o‘rnatish bo‘yicha qo‘shma kommyunikeni imzoladi.
Davlatlar o’rtasida hamkorlik
“Botsvanani yillar davomida jadal iqtisodiy o‘sishga erishib kelayotganini yuksak baholaymiz. Ikki mamlakat davlat va xususiy sektor vakillari o‘rtasida faol hamkorlikni rivojlantirishiga kelishib oldik”, deb yozdi Baxtiyor Saidov.
Diplomatik aloqalar
Botsvana O‘zbekiston bilan diplomatik aloqa o‘rnatgan 153-davlat bo‘ldi. Bundan avval Afrikaning g‘arbiy sohillarida joylashgan Kabo-Verde va sharqiy qismida joylashgan Seyshel orollari bilan, Sharqiy Afrikadagi Burundi davlati bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilgandi.



