$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Ishonch telefonlari ko‘zbo‘yamachilik uchun(mi?)

Aloqa

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Qayta aloqaning sirli mijozi” tadbirlarini o‘tkazib, barcha tuman va shahar hokimliklaridagi ishonch telefonlarining (Call-markaz) faoliyatini o‘rgandi.

Samarasiz aloqa tizimlari 

O‘rganish natijasida, 70 ta tuman va shahar hokimliklarida qayta aloqa tizimi samarasiz tashkil etilgani, xususan, qo‘ng‘iroqlar javobsiz qoldirilgani aniqlanadi. Ular quyidagilar:

1. Qashqadaryo viloyati – 11 ta tuman va shahar;

2. Andijon viloyati – 10 ta;

3. Toshkent viloyati – 8 ta;

4. Farg‘ona viloyati – 7 ta;

5. Xorazm viloyati – 7 ta; 

6. Namangan viloyati – 6 ta; 

7. Samarqand viloyati – 4 ta;

8. Surxondaryo viloyati – 4 ta; 

9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4 ta;

10. Toshkent shahri – 3 ta;

11. Buxoro viloyati – 2 ta;

12. Sirdaryo viloyati – 2 ta;

13. Jizzax viloyati – 1 ta;

14. Navoiy viloyati – 1 ta.

Rasmiy veb-saytlarning holati

Shuningdek, o‘rganishlar davomida 9 ta tuman va shahar hokimliklari (Asaka, Xiva, O‘rta Chirchiq, Hovos, Uzun, Sariosiyo tumanlari va Buxoro, Navoiy, Bekobod shaharlari hokimliklari) rasmiy veb-saytlarida ularga tegishli bo‘lgan ishonch telefonlari e’lon qilinmagani aniqlandi. Qorovulbozor, Romitan, Shofirkon, Vobkent tumanlari va Buxoro shahar hokimliklarining rasmiy veb-sayti ishchi holatda emasligi ma’lum bo‘ldi.

Og‘zaki murojaat qoldirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan tuman va shaharlar ham mavjud

Forish, Tomdi, Parkent, So‘x, Qorao‘zak, Xo‘jayli tumanlari va Guliston, Chirchiq shaharlari hokimliklarining telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilinganda, mas’ul xodimlar tomonidan og‘zaki murojaat qoldirish imkoniyati mavjud emasligi ma’lum qilingan. Yuqoridagilarga ko‘ra, yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish hamda kelgusida ushbu holatlar takrorlanishining oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha taqdimnomalar kiritildi.