Aliment jazo emas, balki bu – majburiyat va burchdir!
O‘zbekistonda 2 768 nafar erkak aliment to‘lamagani uchun qidirilmoqda.
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilgan qidiruv faoliyati natijasida joriy yilning o‘tgan davrida qarzdorligi tufayli 4 ming 538 ta jismoniy shaxslarga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Shundan 2768 nafari aliment to‘lovlaridan bo‘yin tovlagan fuqarolar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Bu haqda bugun, 13-may kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani davomida ma’lum qilindi.
Murojaatlarning 51,4 foizi aliment masalasida
“Sodda qilib aytganda kelib tushayotgan 72.300 mingga yaqin murojaatlarning 37.168 mingdan ziyodi (51,4 foizi) alimentga oid murojaatlardir”, deyilgan Bosh prokuratura xabarida.
Qay etilishicha, otalar ishsizlik oqibatida aliment to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lay olmayapti.
Natijada qarzdorlikni to‘lash istagi bo‘la turib, biroq ish o‘rniga ega bo‘lmagan 9,5 mingdan ortiq aliment to‘lovchilarning ish bilan bandligi masalasi hal etilgan.
Javobgarlikka tortilgan
“Aliment bo‘yicha 2.768 nafar fuqarolarning 1.493 nafari chet elda, 1.275 nafari esa mahalliy hududlarda ekani ma’lum bo‘lgan. Qidiruv tadbirlari davomida 1.126 nafar farzandlari uchun aliment to‘lamagan fuqarolar topilgan. Bundan tashqari, aliment to‘lash haqidagi sudning hal qiluv qarorini bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarning 4.175 nafari ma’muriy hamda 380 nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan”, deyiladi Prokuratura xabarida.
Shu sababli qarzdorlarni davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda imkoniyat darajasida ishga joylash choralari ko‘rilayotgani aytildi.
“Aliment jazo emas, balki bu – majburiyat va burchdir!” deya o‘z axborotini yakunlagan Bosh prokuratura vakili.



