$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda ota 2 milliard soʻmga yaqin alimentni oldindan toʻlab berdi

aliment

Toshkentda ota 3 nafar farzandi uchun 1 mlrd. 825 mln. soʻmlik alimentni oldindan toʻlab berdi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.

Oldindan toʻlab berish imkoni

Yaxshi bilamizki, Vazirlar Mahkamasining 2018-yildagi 808-sonli qaroriga asosan aliment mablag‘larini 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga yoki farzandlari 18 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan jami qiymatini oldindan to‘lash huquqi ayrim qarzdorlarga xorijga chiqishi uchun yaxshi imkoniyat yaratdi. 

Sudning 2024-yil 18-avgustdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Sh.A. dan undiruvchi Sh.G. foydasiga voyaga yetmagan 3 nafar farzandlari ta’minoti uchun ular 18 yoshga to‘lguniga qadar aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 2024-yil 5-sentyabrda Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishi qo‘zg‘atilgan. 

2 ta noturar joy 

Qarzdor farzandlarining ta’minoti uchun ular voyaga yetguniga qadar bo‘lgan aliment miqdorini oldindan to‘lab berish istagini bildirgan.

Shundan so‘ng, taraflar tomonidan kelishuv tuzilib, bitim sud tomonidan tasdiqlangan, unga ko‘ra, qarzdor Sh.A. o‘ziga tegishli bo‘lgan jami 1 mlrd. 825 mln. 137 ming so‘mga baholangan 2 ta noturar joy obyektini aliment hisobidan o‘tkazib berdi va ijro hujjati amalda tamomlandi.