$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentdagi Miran mehmonxonasi tomida yongʻin yuz berdi

rasm

Bugun soat 17:10 lar atrofida Toshkent shahrining Markaz-1 dahasigi Miran mehmonxonasida yongʻin yuz bergan. Insayderlarimiz yongʻin oqibatida atmosferaga quyuq tutun chiqayotgani aks etgan videolar bilan xabar berdi.


Rasmiy munosabat bildirildi

Holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, bugun, 16-oktyabr kuni soat 17:17 da Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shaxrisabz ko‘chasida, qurilish olib borilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 17:24 da voqea joyiga yetib borib, hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Voqea joyiga Toshkent shahar FVB va Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyatidan ma’sullar chiqqan. Hozirda etilgan manzilda tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi, - deyiladi xabarda.