“Ipoteka-bank” ATIB aksiyadorlari uchun muhim e’lon
Yig‘ilish masofaviy shaklda — evote.uz platformasi orqali elektron ovoz berish yo‘li bilan tashkil etiladi. Boshlanish vaqti — soat 11:00, ro‘yxatdan o‘tish esa soat 10:00 da. Yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlar reestri 2026-yil 13-mart holatiga shakllantiriladi.
2 daqiqa o‘qiladi

HURMATLI AKSIYADORLAR!
“Ipoteka-bank” ATIB aksiyadorlik tijorat ipoteka banki ushbu bilan Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida quyidagilarni ma’lum qiladi:
- O‘tkazish sanasi:
18.03.2026 yil
- O‘tkazish shakli:
masofadan turib, https://evote.uz saytida elektron ovoz berish xizmatidan foydalangan holda
- Boshlanish vaqti:
11:00 da:
- Aksiyadorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqti:
10:00 da.
- Yig‘ilishda ishtirok etish uchun aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi:
13.03.2026 yil
- Yig‘ilish o‘tkazilishi to‘g‘risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi:
16.02. 2026 yil.
I. KUN TARTIBI
1. “Ipoteka-bank” ATIBning qo‘shimcha aksiyalarini chiqarish va ushbu chiqariluv shartlarini tasdiqlash;
2. Qimmatli qog'ozlarni chiqarish va qimmatli qog'ozlar chiqarilishini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalariga (ro'yxatdan o'tkazish raqami 2000) muvofiq “Ipoteka-Bank” ATIBning qo'shimcha aksiyalarini chiqarishni tasdiqlash;
3. “Ipoteka-bank” ATIB Kuzatuv kengashining “Ipoteka-bank” ATIB ishtirokchisi bo‘lgan Bitim hujjatlarini tasdiqlash vakolatini ratifikatsiya qilish.
4. “Ipoteka-bank” ATIB OTP Guruhining tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
5. “Ipoteka-bank” ATIB OTP Guruhining 2026-yilga mo‘ljallangan Biznes-rejasini tasdiqlash.
6. “Ipoteka-bank” ATIB OTP Guruhi aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash.
II. YIG‘ILISH MATERIALLARI BILAN TANISHISH TARTIBI
Aksiyadorlar yig‘ilish materiallari bilan quyidagi manzilda tanishishlari mumkin:
(i) Bankning korporativ veb-saytida: www.ipotekabank.uz;
(ii) elektron ovoz berish saytida: http://evote.uz/; yoki
(iii) Bankning info@ipotekabank.uz elektron pochtasi orqali so‘rov yuborish;
III. AKSIYADORLARNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISH VA YIG‘ILISHDA ISHTIROK ETISH TARTIBI
Yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarni ro‘yxatga olish http://evote.uz/ saytidagi elektron ovoz berish xizmatidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tish va elektron ovoz berish tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumotni veb-saytda yoki quyidagi telefon raqami orqali olish mumkin: +998 90 006-77-44
Qo‘shimcha savollar bilan quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
+998 78-150-11-22
Hurmat bilan,
“Ipoteka-bank” ATIB
Kuzatuv kengashi
Reklama huquqlari asosida



