Tekinga oziq-ovqat va buyum tarqatish va haddan tashqari arzon aksiyalar taqiqlandi
Hukumatning qarori bilan Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga tegishli o‘zgarish va qo‘shimchalar kirtilmoqda.
2 daqiqa o‘qiladi

Ashxobod sayilgohidagi tartibsizliklardan keyin “Ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha talablarni kuchaytirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Hadddan ziyod arzon aksiyalar ham taqiqlanmoqda
Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi ommaviy tadbirlarga fuqarolarni reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulot va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilish taqiqlandi.
Shuningdek, Milliy gvradiya va IIV tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qarorda belginayotgan talabga ommaviy tadbir tashkilotchilari va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyati tomonidan so‘zsiz rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytiradi.
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga tegishli o‘zgarishlar kirtilmoqda
Hukumatning ushbu qarori bilan Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalariga tegishli o‘zgarish va qo‘shimchalar kirtiladi.
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ygan ommaviy tadbir tashkilotchilari va ommaviy tadbirni o‘tkazish obyekti ma’muriyati Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Ashxoboddagi holat
Iyun oyi boshida “Ashxobod” ko‘ngilochar bog‘idagi holatda bog‘ ma’muriyati tomonidan tekinga 20 mingta o‘yinchoq va muzqaymoq tarqatish aksiyasi o‘tkazilgandi. Buning ortidan bog‘ hududidiga kirish/chiqish va ayrim ichki yo‘nalishlarida tiqilinch vaziyat hamda boqqa olib keluvchi va yaqin avtomobil yo‘nalishlarida tirbandliklar yuzaga keldi.
Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish talablariga rioya etmasdan, bog‘ hududida va uning atrofida aholini ommaviy ravishda to‘planishiga sababchi bo‘lgan va bu harakati orqali fuqarolarga xavf tug‘dirgan bog‘ direktori, uning o‘rinbosari va reklama bo‘limi boshlig‘iga 15 sutka qamoq jazosi berilgan edi.



