Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°
Читать на русском

O‘zbekistonning eng jozibali aksiyalari qaysi?

Reyting 12 ko‘rsatkich asosida, savdo hajmi va chastotasi, aktivlar, ustav kapitalining himoyalanganligi bo‘yicha hisoblandi.

2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning eng jozibali aksiyalari qaysi?

SNS Ratings agentligi O‘zbekiston korxonalari qimmatli qog‘ozlarining jozibadorlik reytingini tuzdi. Natijalar kompaniyaning Telegram-kanalida e’lon qilindi.

Oddiy aksiyalar reytingi

Ushbu reyting 12 ko‘rsatkich asosida, savdo hajmi va chastotasi, aktivlar, ustav kapitalining himoyalanganligi bo‘yicha hisoblandi.

SNS Ratings oddiy aksiyalar reytingiga 91 ta korxona kiritdi. Birinchi o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi (UzRTXB) aksiyalari joylashgan, undan keyin Biznesni rivojlantirish banki va “Ipoteka-bank” aksiyalari joy oldi.

TOP-10:

4. “Ipak Yo‘li” AITB

5. “Garant bank” AJ

6. “Universal bank” ATB

7. “Mikrokreditbank” ATB

8. ChEKI “Hamkorbank” ATB

9. “Ravnaq-bank” AJ

10. “O‘zbektelekom” AK

Quyi TOP-3

89-o‘rinda Sarbon-Neftegaz kompaniyasining oddiy aksiyalari, 90 va 91-o‘rinlarda esa “Agromash” va “Podemnik” kompaniyalarining aksiyalari joylashgan.

Imtiyozli aksiyalar

Imtiyozli aksiyalar reytingiga 34 ta kompaniyaning qimmatli qog‘ozlari kiritilgan. Birinchi o‘rinda “Ipoteka-bank” aksiyalari, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda esa “Hamkorbank” va “Uztelekom” aksiyalari turadi.

Imtiyozli aksiyalar reytingida eng yomon natijalarni “Farg‘onaazot”, “Andijonyog‘moy” va “O‘zelektroterm” ko‘rsatdi.

Fond birjada 18,3 trln. so‘mga teng savdolar bo‘yicha bitimlar tuzilgan

Obligatsiyalar bo‘yicha eng yaxshi natijalar “Ipoteka kreditlash kompaniyasi”, Biznes finans va Imkon finansda qayd etilgan.

Jami 11 oyda “Toshkent” Respublikasi fond birjasida 410 mingdan ortiq tranzaksiya amalga oshirilib, 18,3 trln. so‘mga teng savdolar bo‘yicha bitimlar tuzilgan. Savdolarni 99 ta tashkilot tomonidan amalga oshirilgan.