$
 12778.00
-9.03
 14012.35
-36.76
 131.58
-1.47
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston aeroportlarida yo‘lovchi oqimi 5 yilda 174 foizga o‘sdi

aeroport airport

Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari orasida O‘zbekiston aeroportlari yo‘lovchilar oqimining o‘sishi bo‘yicha yuqori sur’atni ko‘rsatgan. Bu ma’lumot Xalqaro aeroportlar kengashining 2024-yil avgust oyi va 2019-yilning shu oyi bilan taqqoslangan hisobotida keltirildi

Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlar ichida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Aeroportlarda yo‘lovchilar oqimi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillarda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lgan davlatlar uchun alohida, a’zo bo‘lmagan davlatlar uchun alohida statistika taqdim etilgan. Unga ko‘ra, YIga a’zo bo‘lmagan beshta eng yuqori o‘sish qayd etgan mamlakatlar orasida to‘rttasi Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari hisoblanadi. Eng yuqori o‘sish Albaniyada - 193% qayd etilgan, ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston 174% ko‘rsatkich bilan qayd etgan bo‘lib, Armaniston 66.8% o‘sish bilan uchinchi o‘rinda, Qozog‘iston yo‘lovchilar oqimi 54% o‘sishi bilan to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Gruziya esa beshlikni 49.8% ko‘rsatkich bilan yakunlagan.

O‘zbekistonda yo‘lovchilar oqimi ortishiga nima sabab bo‘ldi?

Bu mamlakatlarda o‘sishning asosiy sabablaridan biri ichki bozorlar dinamikasi va aholining aviaqatnovlarga qiziqishi ortishi deb ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, Rossiya va Rossiyaga aviaqatnovlarga bo‘lgan talabning o‘zgarishi (geosiyosiy sabablar tufayli) Rossiyaga yaqin davlatlarda yo‘lovchilar oqimining ortishiga olib kelgan.

Geosiyosiy tanglik kuzatilayotgan mintaqalarda aeroportdan foydalanish keskin kamaygan

Yevropa mamlakatlarida yo‘lovchilar oqimining o‘sishi nisbatan pastlagan bo‘lsa ( Finlyandiyada yo‘lovchilar soni 2019 yilning avgust oyiga nisbatan -27,4% kamaygan, Sloveniyada -21,5% va Shvetsiyada -21,2% pasayish kuzatilgan), Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlarda ayrimlarida sezilarli pasayish kuzatilgan. Masalan, tabiiy ravishda, geosiyosiy tanglik kuzatilayotgan davlatlarda: Rossiyada -12.9% va Isroilda -43.5% pasaygan, Ukrainada esa u 30 oy davomida to‘liq yo‘qolgan.