Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +20° kechasi +9°

Toshkent xalqaro aeroporti o‘z joyida qoladigan bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 493 ta hujjatlar bekor qilindi. Jumladan aeroport masalasi ham.

1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent xalqaro aeroporti o‘z joyida qoladigan bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Hukumatning ayrim qarorlari ilovaga muvofiq 2024-yil 1-sentyabrdan o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblovchi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish adliya vaziri zimmasiga yuklatildi. Bu haqda Uznews nashri xabar bermoqda.

Bekor qilayotgan 493 ta qarorlar

Qarorga ko‘ra, 1989-yildan 2023-yilga qadar bo‘lgan jami 493 ta hujjatni bekor qilish nazarda tutilgan.

Hujjatda Toshkent aeroportini ko‘chirish haqidagi 1992-yil 24-iyuldagi 345-son qarori ham bekor qilindi. Qarorda Toshkent shahridan 45 kilometr janubi-g‘arbda va Chinoz shahridan 12 kilometr shimolda joylashgan yer uchastkasini tanlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan edi.

Poytaxtdan tashqariga ko‘chayotgan aeroport

2020-yilda Uzbekistan Airports'ning sobiq rahbari Ravshan Ismoilov aeroportni Angren yoki Chinozga ko‘chirishni, 2022-yilda esa Uzbekistan Airports'ning hozirgi rahbari Ra’no Jo‘rayeva aeroportni poytaxtdan tashqariga ko‘chirish rejalashtirilayotganini aytgan edi.