$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkent aeroportida bir qancha yangi lokatsiyalar “auksion”ga qo‘yildi

airport

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi “E-auksion.uz” elektron platformasida Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish terminali va vokzal maydonida joy ijarasi uchun bir nechta lotlarni joylashtirdi.

Kimoshdi savdosiga qo‘yilgan “Art Bazaar” savdo pavilyonidagi lokatsiyalar

“Art Bazaar” savdo pavilyonidagi jo‘nash terminalining “Steril hududi”da tashkil etish uchun 60 kvadrat metr maydon kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Boshlang‘ich bahosi – yiliga 1,08 mlrd. Shuningdek, birinchi va ikkinchi qavatlardagi jo‘nab ketish zalida savdoavtomatlari, mobil qurilmalar uchun quvvatlashpunktlari va bankomatlar, shuningdek turli xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun kiosklar o‘rnatish joylari savdoga chiqarilmoqda.

Xalqaro uchib kelish zalidagi avtomashinalar

Xalqaro uchib kelish zalida avtomashinalarni ijaraga berish xizmatlarini ko‘rsatish uchun 8 kvadrat metr maydon kim oshdi savdosiga qo‘yildi. Yillik ijara to‘lovining boshlang‘ich stavkasi 192 million so‘m etib belgilandi. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar zalida mahalliy uyali aloqa operatorlarining SIM-kartalarini sotishuchun savdo nuqtasini tashkil etish uchun 5 kv.m joy auksion orqali sotilmoqda. Lotning dastlabki qiymati yiliga 90 million so‘mni tashkil etadi.

Perronga chiqish imkoniyatiga ega maydonlarni ijaraga olish uchun lotlar

Bundan tashqari, aeroportning asosiy hududida perronga chiqish imkoniyatiga ega maydonlarni ijaraga olish uchun bir nechta lotlar auksionga qo‘yilgan. Xususan, 90 kv.m maydonga ega bo‘lgan, aviakompaniya ofisini joylashtirishga mo‘ljallanganxona, shuningdek, aviakompaniyalar uchun mos ravishda 58 kv.m va 40 kv.m. maydonlar ham E-auksion.uz elektron platformasida o‘rin egallagan.

Ishtirokchilar uchun qo‘yilgan talablar

Ushbu auksionlar 2024-yil 25-oktyabr kuni E-auksion.uz elektron platformasida bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, auksionda ishtirok etuvchi kompaniyalar texnik shartlarga mos kelishi kerak. Ijarachilarga qo‘yiladigan talablar va boshlang‘ich narxlar E-auksion veb-saytida lot ostida hamma uchun ochiq belgilab qo‘yilgan. Kim oshdi savdosi qoidalariga ko‘ra, dastlabki yillik summalar savdo paytida kamida 10% ga oshishi mumkin.

9 oyda respublika xalqaro aeroportlari 82 637 ta reysga xizmat ko‘rsatdi

Ma’lumot uchun, joriy yilning uchinchi choragida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan O‘zbekiston aeroportlari asosiy ko‘rsatkichlar — yo‘lovchi tashish, xizmat ko‘rsatilayotgan reyslar soni va yuk tashish hajmi bo‘yicha qariyb 50% o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Xususan, 2024-yilning 9 oyi davomida respublika xalqaro aeroportlari tomonidan 82 637 ta reysga xizmat ko‘rsatildi, shundan 24 914 tasi ichki yo‘nalishlarda, 57 723 tasi xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshirildi. O‘tgan yilga nisbatan o‘sish 136% tashkil etdi. Shuningdek, havo reyslarining umumiy sonidan 53 942 tasi rezident aviakompaniyalar tomonidan, 28 695 tasi esa norezident aviakompaniyalar tomonidan amalga oshirildi.

Sentyabr oyida 9 893 947 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi

Yil boshidan sentyabr oyiga qadar O‘zbekiston aeroportlari 9 893 947 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Jumladan, ichki reyslarda 1 871 659 nafar, xalqaro reyslarda 8 022 288 nafar yo‘lovchi. 2023-yilning shu davriga nisbatan o‘sish 133% tashkil etdi.

Shuningdek, 2024-yilning uchinchi choragida 62 067 tonna yuk va pochta jo‘natmalariga xizmat ko‘rsatildi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 121% ko‘proq.

Toshkent aeroportida imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay muhit

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus jihozlarni o‘rnatish boshlanganini xabar qilgan edik.

Unga ko‘ra, poytaxt aeroportining uchib kelish va uchib ketish zallari ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslar uchun qulay muhitni tashkil etish uchun tiflotexnik vositalar, barcha toifadagi nogironlar foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot vositalari (Brayl alifbosi, audioyozuvlar, ko‘rish va eshitish qobiliyati zaiflar uchun maxsus vositalar, surdo-tarjimon, maxsus videolar uchun ekran), taktil piktogrammalar va indikatorlar, tovush va taktil mimik diagrammalar, shuningdek, yordam chaqirish tugmalari bilan jihozlanmoqda.