$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Inson miyasini 10 ming baravarga ortda qoldirgan ixtiro

AI

Janubiy Koreyaning DGIST kompaniyasi tadqiqotchilari yangi avlod sun’iy intellekti yarimo‘tkazgichli texnologiyasini ishlab chiqishdi, u inson miyasini imitatsiyalaydi.

Qurilma ma’lumotlarni bir necha darajali saqlay oladi

Professor Kvon Xek Jun boshchiligida yaratilgan ushbu neyromorf qurilma neyronlar singari ma’lumotlarni bir necha darajali saqlay oladi.

Qurilmaning ishlash sxemasi

Energiya muammosi hal

Shu paytgacha ishlatib kelinayotgan hisoblash qurilmalarining eng katta kamchiliklaridan biri energiyani juda ko‘p sarflashi edi. Bu muammoga yechim izlagan olimlar gafniy oksidi va qalay disulfididan foydalanib, sinaptik tranzistorlar ishlab chiqishdi.

Natijada inson sinapsidan 10 ming marta tezroq ishlovchi, shu bilan birga, juda kam energiya sarflovchi qurilma — elektron miya yaratildi.

Proffessor ushbu kashfiyotni qaysi sohada qo‘llamoqchi?

Professor Kvon ushbu tadqiqot keyingi avlod hisoblash arxitekturasini yaratishda muhim qadam bo‘lganini ta’kidlab, innovatsiya sun’iy intellekt va mashinani o‘qitish bilan bog‘liq sohalarda qo‘llanilishiga ishonch bildirdi.

Tadqiqot natijalari bilan batafsil "Advanced Science" jurnalida tanishish mumkin.

Теги :
Жамият