Agrobank bankomatlaridan plastik kartasiz naqd pul yechib olish mumkin
Agrobank mijozlari endilikda plastik kartasiz ham bankomatlardan naqd pul yechib olishlari mumkin.
1 daqiqa o‘qiladi
Agrobank mijozlari endilikda plastik kartasiz ham bankomatlardan naqd pul yechib olishlari mumkin. Buning uchun Agrobank Mobile ilovasidan foydalanish kifoya.
Xizmatdan foydalanish uchun ilovadagi “To‘lov” bo‘limiga kirib, “Bank xizmatlari” orqali “Bankomatdan naqd pul yechib olish” funksiyasini tanlash kerak. Shundan so‘ng foydalanuvchi kerakli summani kiritib, “To‘lash” tugmasini bosadi. Ilovada taqdim etilgan maxsus kod yordamida bankomatdan naqd pul olish mumkin. Mazkur xizmatdan foydalanish uchun Uzcard kartasi Agrobank Mobile ilovasiga biriktirilgan bo‘lishi lozim. Xizmat faqat Uzcard bankomatlarida amal qiladi.


