$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Virus va kasalliklardan xoli, hosildor ko‘chatlarni yetkazib beruvchi yangi loyihaga start berildi

invitro

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Agrobankning “Agro In Vitro” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. “Agro In Vitro” loyihasidan asosiy maqsad 20,4 gektarlik laboratoriya kompleksida yuqori hosildorlikka ega meva ko‘chatlarini yetishtirishdir. Ushbu ko‘chatlar iqlim sharoitidan kelib chiqib sog‘lom bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Yaqin kelajakda ularni turli davlatlarga eksport qilish ham maqsad qilingan.

Yevropa (Niderlandiya) texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan ushbu loyiha, Markaziy Osiyoda yagona bo‘lib, qishloq xo‘jaligimizda yangi davrni boshlashi kutilmoqda.

“Agro In Vitro” loyihasi doirasida laboratoriya sharoitida yetishtirilgan ko‘chalar sovuqqa chidamli, asosiysi turli virus va kasalliklarga chidamli bo‘ladi. Yuqori hosildorlikka ega qishloq xo‘jaligi mahsulotlari O‘zbekistondagi import miqdorini qisqartirishi ko‘zda tutilgan.