Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +23° kechasi +9°
Читать на русском

Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha Afrosiyob poyezdi yo‘lga qo‘yilmoqda

Qatnovlar 15-dekabrdan boshlab, haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha Afrosiyob poyezdi yo‘lga qo‘yilmoqda

Toshkentdan Samarqandga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “Temiryo‘lekspress” matbout xizmati xabar bermoqda.

Qoʻshimcha reyslar

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan 775/776-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishida yuqori tezlikda poyezd harakati 15-dekabrdan boshlanadi.

Xususan, qatnovlar 15−31 dekabr kunlari hamda 2025-yilning 3−12 yanvar kunlari oralig‘ida haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Poyezd jadvali

Poyezd jadvali quyidagicha:

775-sonli Samarqand-Toshkent yo‘lovchi

Samarqand 10:55 — Toshkent 13:15.

776-sonli Toshkent yo‘lovchi-Samarqand yo‘nalishi

Toshkent 13:56 — Samarqand 16:14.

Shuningdek, kompaniya yo‘lovchilardan chiptada belgilangan vaqtga qarab vokzalga yetib kelishlarini so‘ragan.