$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Markaziy Osiyoning sha’nini himoya qilish Turkmanboshining jamoasiga qoldi

Arqadag

Markaziy Osiyo futbol klublarining barchasi Osiyo Chempionlar Ligasi-2 musobaqasi guruh bosqichini so‘nggi o‘rinda yakunladi. Turkmanistonning “Arqadag‘” jamoasi esa xalqaro maydondagi yurishini davom ettirmoqda.

Hamma oxirida

Osiyo Chempionlar Ligasi-2 musobaqasining guruh bosqichi yakunlandi. Musobaqada ishtirok etgan Markaziy Osiyoning barcha futbol jamoalari o‘z guruhida so‘nggi o‘rinni egallashdi. Ular orasida O‘zbekiston chempioni Qarshining “Nasaf” jamoasi ham bor:

A guruhi - “Ravshan” (3 ball)

B guruhi - “Oltin Asr” (0 ball)

C guruhi - “Istiqlol” (0 ball)

D guruhi - “Nasaf” (4 ball)

Pley-off bosqichiga chiqqanlar

Musobaqaning nimchorak finaliga yo‘l olgan g‘arbiy Osiyo mintaqasi jamoalari ro‘yxati quyidagicha:

“Traktor FK” 

“Al-Taavon”  

“Al-Sharjah”  

“Shabab Al-Ahli”  

“Al-Vakra”  

“Al-Haldiya”  

“Al-Vehdat”  

“Al-Husayn”

“Arqadag‘” davom etmoqda

Ushbu mavsum xalqaro maydonda mintaqa sharafini nisbatan munosib himoya qilayotgan klub, Turkmanistonning “Arqadag‘” jamoasi bo‘lib turibdi. OFK Chaqiruv kubogi musobaqasida ishtirok etayotgan ushbu jamoa, qolgan jamoalardan farqli o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallagan holda, turnirning chorak finaliga yo‘l oldi. Ushbu musobaqada g‘olib 1 million dollar ishlab olishi mumkin. Turkmanboshining jamoasi hozircha ushbu turnirdan 180 ming dollar ishlab olgan. 

 “Paxtakor”?

To‘g‘ri, “Paxtakor” Elit OCHLdagi yurishini hali yakunlagani yo‘q. Biroq jamoaning natijasi havas qilgulik emas. “Sherlar” o‘zining so‘nggi o‘yinida turnirning amaldagi g‘olibi “Al Ayn”ni qabul qilib, durang natija qayd etdi — 1:1. Shu tariqa, “Paxtakor” 4 ochko bilan 12 jamoa orasida 9-o‘rinda bormoqda, “Al-Ayn” esa 6 o‘yindan keyin 2 ochko bilan 11-o‘ringa ko‘tarildi. Toshkent jamoasi 7-turda 4 fevral kuni Qatarda “Al-G‘arafa” mehmoni bo‘ladi. Shunday bo‘lishiga qaramay, “Nasaf” jamoasi Osiyo Chempionlar Ligasi-2 musobaqasini guruh bosqichida yakunlagani sabab musobaqadan 300 ming dollar ishlab oldi. "Paxtakor" esa keyingi bosqichga chiqmagan taqdirda ham 800 ming dollar ishlab oladi.

"Arqadag‘" futbol klubi haqida

"Arqadag‘" futbol klubi 2023-yilning 1-aprelida Turkmaniston futbol federatsiyasi tarkibiga kiritilgan. Klub asoschisi Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hisoblanadi. Futbol jamoasi yangi Arqadag‘ shahrida joylashgan bo‘lib, uning nomi Berdimuhamedovning rasmiy unvoniga ishora qiladi. Jamoa formasi va logotipini ishlab chiqishda sobiq prezidentning shaxsan o‘zi ishtirok etgan. Keyinchalik, Turkmaniston futbol federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi qarori bilan jamoa Turkmaniston chempionati va kubogi ishtirokchisiga aylanadi. Klubning dastlabki arizasiga Turkmanistonning 6 futbol klubidan Turkmaniston terma jamoasining asosiy tarkibidan 27 nafar futbolchi kiritiladi.

Picture background

Ilk mavsum

"Arqadag‘” futbol klubi o‘zining ilk uchrashuvini 2023-yilning 18-aprelida o‘tkazadi. Turkmaniston chempionatining 2-tur uchrashuvida Guvanchmuhamed Ovekov boshchiligidagi “Merv”ni mag‘lub etadi – 2:1. Klub ilk rasmiy o‘yinlarini Ashxoboddagi “Niso” stadionida o‘tkazgan. 2023-yil 22-aprel kuni Turkmaniston kubogidagi debyut uchrashuvida jamoa “Energetik”ni mag‘lub etadi — 4:0. Klub 2023-yilgi mavsumni 24 uchrashuvda 24 ta g‘alaba bilan mamlakat chempioni sifatida yakunlaydi. 

Ginnesning rekordlar kitobiga harakat

Jamoa futbol klubi 2023-yil aprel oyida tashkil etilgan bo‘lib, shundan buyon o‘tkazilgan 37 uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan. “Arqadag‘” birinchi o‘yindanoq g‘alaba qozona boshlaydi, ammo bundan ham kutilmagan omil jamoaning hech qayerda ochko yo‘qotmagani edi. Yangi tashkil etilgan professional klub Turkmanistonning so‘nggi chempionatini mag‘lubiyatsiz va duranglarsiz yakunlaydi. Bu futbol klublari ichida rekord natija hisoblanadi. Jahon futbolidagi rekord g‘alabali seriyasi Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubiga tegishli bo‘lib, jamoa ketma-ket 34 o‘yinda g‘alaba qozongan. Turkmaniston jamoasining natijasi rekord uchun yetarli bo‘lsa-da, ginnesning rekordlar kitobi mutaxassislari rekordni tan olishdan bosh tortdi va bu g‘alabali seriyasini adolatli emas deb hisobladi, chunki klub mavsum boshida raqiblarining eng yaxshi futbolchilari bilan shartnoma imzolagan edi. Qayd etilishicha, o‘sha davrdagi transfer oynasi “Arqadag‘” kerakli futbolchilarni xarid qilishi uchun uzaytirilgan.

Теги :
Jamiyat