AES masalasi yana ko‘tarilmoqda: Vengriya O‘zbekistonning atom energetikasi bo‘yicha mutaxassislarini tayyorlayapti
Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyarto 7 may kuni Toshkentga tashrifida Vengriya O‘zbekistonning atom energetikasi bo‘yicha mutaxassislarini tayyorlashni boshlaganini ma’lum qilgan.
2 daqiqa o‘qiladi

Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyarto 7 may kuni Toshkentga tashrifida Vengriya O‘zbekistonning atom energetikasi bo‘yicha mutaxassislarini tayyorlashni boshlaganini ma’lum qilgan.
Vengriyalik vazirning Facebook sahifasidan iqtibos
"O‘zbekiston 2030 yilgacha elektr energiyasiga bo‘lgan talab ikki baravar oshishini hisobga olib, AES qurishga hozirlik ko‘rmoqda. Biz vengerlar ham xuddi shunday qilyapmiz, Pakshda ikkita yangi energoblok qurishga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rilmoqda, atom energetikasi sohasida bir necha o‘n yillik tajribamiz borligi sababli biz Vengriyada o‘zbek atom energetikasi bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashni allaqachon boshlaganmiz", — deb qayd qilgan u Facebook sahifasida.
Kelajak kelishuvlari
Petr Siyartoning aytishicha, agar tomonlar O‘zbekiston "Rosatom" bilan AES qurish bo‘yicha shartnoma imzolasa, Vengriya sovutish texnologiyasidan foydalanishga kelishib olgan. "Bu 100 million dollar qiymatdan ko‘proq shartnoma bo‘ladi hamda Vengriya tarixidagi eng dolzarb energiya eksportlaridan biri bo‘ladi", — degan vazir.
Shartnoma tayyorlanyaptimi?
Eslatib o'tamiz, o‘tgan oy yakunida Rossiya ommaviy axborot vositalarida “Rosatom” va “O‘zatom” o‘rtasida O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma tayyorlanayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Unga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Sanoat va savdo vaziri Denis Manturov Rossiya O‘zbekistonga kam quvvatli atom elektr stansiyalari loyihalarini taklif qilishga tayyorligini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi joy atom elektr stansiyasini qurishga yaroqli deb tasdiqlangan. “Strana Rosatom” saytining axborotida ayni paytda buyurtmachi va xalqaro ekspertlar bilan birgalikda AESni O‘zbekiston energetika tizimiga integratsiyalashning texnik masalalari o‘rganilayotgani qayd etilgandi.
Ma’lumot uchun, Rossiya OAVning ma’lumotiga ko‘ra, 2033-yilda ishga tushirilishi mo‘ljallangan AES VVER-1200 reaktorlariga ega ikkita III+ avlod blokidan iborat bo‘lib, loyihaning taxminiy qiymati esa 11 milliard dollarga baholanmoqda. Mavzu bilan yanada yaqinroq tanishish maqsadidagi mushtariylarimiz saytimiz orqali Atom elektr stansiyasi haqidagi barcha qiziqarli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan "AES — ichki tomondan qo‘yiladigan bomba(mi?)" nomli maqolani mutolaa qilishlari mumkin.



