$
 12640.21
-49.76
 13559.15
1.19
 137.02
-0.18
weather
+26
Кечаси   +14°

Shimoldan eski xavf shamoli qayta esmoqda

АЭС AES

O‘zbekistonliklar "O‘zbekistonning keyingi 100-yilidagi vaziyat qanday bo‘lishini belgilaydigan" xabardan bexabar qolmoqda.

AES xuruji

O‘zbekistonda har yili AES mavzusi bir necha marotaba xuruj qilib turadi. Qiziqarlisi, o‘zimiz bilan bog‘liq bu mavzudagi ma’lumotlarni mahalliy OAVlardan emas, shimoldagi turli axborot tarqatuvchilar yoki rasmiylar tilidan bilib olamiz. Vaholanki, mavzu bevosita O‘zbekiston kelajagini hal qiluvchi kuchga ega. Masalaga pessimistik yondashib, ehtimoliy eng og‘ir vaziyatlarni ham inobatga olsak, bu masala nafaqat O‘zbekiston balki butun Markaziy Osiyo kelajagiga ham ta’sir etadi.

Sukutmi yo uyqu

Kuni kecha rus nashrlarida Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Kirill Komarov O‘zbekiston bilan respublikada atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma yuzasidan muzokaralar "ancha muvaffaqiyatli" kechayotgani ma’lum qilingan axborot paydo bo‘ldi. Kamarovning ushbu bayonotini TASS Rossiya rasmiy axborot agentligi tarqatgan. Ammo O‘zbekistonning yirik axborot tarqatuvchi nashrlari negadir hali jim. Bunday vaziyatda xayolga keladigan yagona fikr — ular uyquda yoki sukutni afzal ko‘rishmoqda.

"Sanalarni aytmaslikka harakat qilaman"

"Rosatom" davlat korporatsiyasi bosh direktori — "Shartnoma bo‘yicha muzokaralar ancha muvaffaqiyatli kechmoqda. Men hech kimga ta’sir o‘tkazmaslik uchun bunday holatlarni, sanalarni aytmaslikka harakat qilaman, chunki bu — juda muhim qaror. Bu qaror O‘zbekistondagi keyingi 100-yildagi vaziyat qanday bo‘lishini belgilaydi. Shuning uchun ham, sizga aytamanki, shoshqaloqlik qilish yoki ma’lum xatoga yo‘l qo‘yishdan ko‘ra barcha nyuanslarni muhokama qilish uchun qo‘shimcha vaqt sarflagan ma’qul. Lekin biz istalgan vaqtda ushbu loyihani amalga oshirishga kirishishga tayyormiz" degan. Yana uning so‘zlaridan ma’lumki, mutaxassislar allaqachon atom elektr stansiyasi qurilishi mumkin bo‘lgan maydonni batafsil o‘rganib chiqqan va eng maqbul texnologik yechimlar aniqlangan. Bundan tashqari, Toshkentdagi "MMFI" milliy tadqiqot yadroviy universiteti filialida soha uchun mutaxassislar tayyorlash davom ettirilmoqda.

Mavzu bilan yanada yaqinroq tanishish maqsadidagi mushtariylarimiz saytimiz orqali Atom elektr stansiyasi haqidagi barcha qiziqarli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan "AES — ichki tomondan qo‘yiladigan bomba(mi?)" nomli maqolani mutolaa qilishlari mumkin.