Endi advokatlik tuzilmalari faoliyatiga oid ma’lumotlar onlayn taqdim etiladi
Advokat tuzilmadan chiqqan taqdirda ham, faoliyati boʻyicha statistik ma’lumotlar taqdim qilinishi shart.
1 daqiqa o‘qiladi

2024-yil 23-dekabr kuni Adliya vazirligida “Advokatlik tuzilmalari tomonidan statistik ma’lumotlarni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi” nizom davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Hisobot taqdim etish tartibi
Faoliyat yuritayotgan advokatlik tuzilmalari statistik ma'lumotlarni har bir hisobot davri uchun taqdim etishi shart:
- Birinchi hisobot davri uchun – 10-iyulgacha.
- Ikkinchi hisobot davri uchun – kelgusi yilning 10-yanvargacha.
Ma’lumotlar “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali advokatlik tuzilmasi joylashgan hududdagi Advokatlar palatasiga yoʻnaltiriladi.
Advokatlarning chiqishiga oid ma’lumotlar
Agar advokat advokatlik tuzilmasidan chiqsa, uning faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar chiqish sanasigacha taqdim etilishi lozim.
Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan statistik ma'lumotlar Tizim orqali avtomatik ravishda umumlashtiriladi. Har bir hisobot davri yakunlangandan soʻng, ma'lumotlar kelgusi oyning 15-sanasidan kechiktirmay Advokatlar palatasiga yuboriladi.



