$
 12047.45
26.55
 14099.13
110.41
 151.90
-3.59
weather
+26
Кечаси   +14°

Adliyaning yelkasiga qo‘shimcha vazifalar "yuklatildi"

Adliya vazirligi

Prezident farmoniga binoan, Adliya organlari yana qo‘shimcha 4 ta faoliyat bilan shug‘ullanishi belgilandi.

Prezidentning yangi farmoni

Aholining siyosiy faolligini oshirish hamda huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida, "Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF-80-son, 24.2024-y.) qabul qilindi.

Adliya uchun yana qo‘shimcha 4 vazifa

Farmonga ko‘ra, adliya organlarining vazifalariga yana qo‘shimcha ushbu faoliyatlar bilan shug‘ullanish ham kiritildi. Bular:

- aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rib borish;

- joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish;

- fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirib borish;

- davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko‘rsatib borish.

Yana qo‘shimcha 6 vazifa yuklatildi

Shu munosabat bilan quyi bo‘g‘in – adliya bo‘limlariga 6 ta yangi vazifa yuklatildiki, ushbu vazifalardan ko‘zlangan eng asosiy maqsad joylarda aholi ko‘tarayotgan dolzarb muammolarni hal qilish, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilish, ularning huquqiy muammolarini mahallaning o‘zida hal qilish hamda aholiga, avvalambor ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash hisoblanadi. Bu xabarni Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara Urinbayeva o‘z Telegram kanalida aytib o‘tdi.

Yuklatilgan vazifalar

6 vazifa quyidagilardan iborat:

- joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni ko‘rib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini o‘tkazish. Bunda olis hududlardagi mahallalarda har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlarini ko‘rsatib borish;

- uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

- “mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish, shuningdek ular tomonidan “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib borish;

- aholiga, avvalambor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatilishini ta’minlash;

- yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish;

- davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam ko‘rsatib borish.

Теги :
Jamiyat