Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +20° kechasi +9°

5G aloqa signallari neyrotarmoqlar bilan bog‘lanmoqda

Tokio texnologiya instituti olimlari 5G aloqa signallarini kuchaytirishning mutlaqo yangi — neyrotarmoqlarga asoslangan usulini ishlab chiqishdi.

1 daqiqa o‘qiladi

5G aloqa signallari neyrotarmoqlar bilan bog‘lanmoqda

Tokio texnologiya instituti olimlari 5G aloqa signallarini kuchaytirishning mutlaqo yangi — neyrotarmoqlarga asoslangan usulini ishlab chiqishdi. Bu nisbatan yanada arzon, energiyani tejovchi va ixcham uyali aloqa minoralarini qurish imkonini beradi. Bu haqda Xabar nashri xababr bermoqda.

An’anaviy mobil aloqa

An’anaviy mobil aloqa signalini kuchaytirish usullari elektr energiyasini ko‘p sarflovchi murakkab va qimmat yechimlarni talab etadi. Panjarali antennalardan foydalaniladigan 5G minoralari bu vazifani yanada qiyinlashtiradi.

Neytrotarmoqlar orqali 5G signal

Yapon muhandislari kuchaytirgichlarda signalni tahlil qilish va sozlash uchun sun’iy intellekt — neyrotarmoqlardan foydalanishni taklif etishdi. Neyrotarmoq real vaqt rejimida signal uzatishdagi xalaqitlarni aniqlash va tuzatishni o‘rganadi, qolaversa, energiyani juda kam sarflaydi.

Fujitsu Limited qurilmalarida sinalgan yangi texnologiya yuqori samaradorligini ko‘rsatdi.