14036.21
-13.01
 150.36
0.65
$
 12210.71
15.21
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi eskirgan avtomobilni topshirganlarga avtokreditning bir qismi qoplab beriladi

Avtomobil

O‘zbekistonda 2026-yil 1-avgustdan Trade-in dasturi doirasida eskirgan avtotransportlarni topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi transport vositalarini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi. Bu haqda prezidentning 25-martdagi farmonida belgilandi.

Trade-in nima degani?

Trade-in — ilgari foydalanishda bo‘lgan avtomototransport vositasini yangi avtomototransport vositasiga narxlaridagi farqni to‘lagan (narxlaridagi farqni olgan) holda almashtirish.

Eski mashinasini utilizatsiyaga topshirgan fuqarolarga Trade-in dasturi, kredit foizini qoplab berish kabi imtiyozlar berilishi mamlakatning 2026-yilga mo‘ljallangan davlat dasturida ham ko‘zda tutilgandi.

Mamlakatda Trade-in dasturi 2019-yil 1-oktyabrdan tatbiq etilgan. Avtomobillar fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan rasmiy dilerlik korxonalariga Trade-in dasturi bo‘yicha sotilganda bitimning notarial tasdiqlanishi talab etilmaydi. Shu bilan birga, er (xotin)ning notarial tartibda tasdiqlangan rozilik xati kerak bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat