$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°
Migrantlar boshiga balo

Migrantlar boshiga balo: Rossiyada millatchi guruhlar tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan jinoyatlar

2025-yil Rossiya Federatsiyasining zamonaviy tarixida etnik munosabatlarning eng keskinlashgan va migrantlarga nisbatan nafratning eng yuqori cho‘qqiga chiqqan davri sifatida qayd etildi. O‘tgan 2024-yil mart oyida rus xavfsizlik xizmati tomonidan tashkillashtirilganligi gumon qilingan “Crocus City Hall”da sodir etilgan terakt jamiyatda chuqur qo‘rquv hamda paranoid kayfiyatni uyg‘otgan bo‘lsa, tahlilchilar 2025-yilga kelib bu qo‘rquv tizimli, yaxshi tashkillashtirilgan, davlatning ma’lum qatlamlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan agressiv ksenofobiyaga aylanayotganini aytishmoqda. O‘tgan yillar davomida kuzatilgan tarqoq bezorilik holatlari o‘rnini endilikda “vatanparvarlik” niqobi ostida harakatlanuvchi harbiylashtirilgan guruhlarning muntazam reydlari, etnik tozalash elementlariga ega pogromlar va qonunchilik darajasidagi kamsitishlar egalladi… Jami 12 oyda Rossiya Federatsiyasi bo‘ylab migrantlar va etnik rus bo‘lmaganlarga nisbatan 277+ hujum, 8 o‘lim holati rasman qayd etilgan. Afsuski, ushbu raqamlar “aysbergning uchi”, xolos. Aksariyat migrantlar deportatsiya qilinishdan yoki politsiyadan qo‘rqib shikoyat qilmaydilar. Haqiqiy raqamlar esa bir necha barobar yuqori bo‘lishi mumkin.
Батафсил →
shahar

Dasht javohiridan tog‘lar tojigacha: Qo‘shni mamlakatlarning eng go‘zal shaharlariga qulay borish usullari

Ba’zan inson yangi joy ko‘rishni, biroz bo‘lsa ham boshqa muhitda yurishni istaydi. Toshkentga yaqin bo‘lgan qo‘shni davlatlar shaharlariga borish esa aynan shunday imkoniyatlardan biridir. Masofa uzoq emas, transport tanlovi ko‘p, narxlar ham unchalik qimmat emas. Eng qizig‘i, har bir shahar odamlarda o‘ziga yarasha taassurot qoldiradi. Xo‘sh, qo‘shni mamlakatlarga borishda qaysi transport qulayroq? Quyida siz bilan har bir yo‘nalish bo‘yicha eng kerakli ma’lumotlar bilan tanishamiz.
Батафсил →
uy

Agar ortiqcha $500K pulingiz boʻlsa, bu hashamatli xonadonlar sizniki boʻladi

Toshkent ko‘chmas mulk bozori so‘nggi yillarda sezilarli o‘zgarib, bugungi kunda poytaxtning ayrim hududlarida 500 ming dollardan qimmat bo‘lgan turar joylarga talab keskin oshib bormoqda. Bu uylar odatiy kvartira yoki hovlilarga mutlaqo o‘xshamaydi: ularning maydoni keng, ta’miri yuqori darajada, infratuzilmasi rivojlangan va markazga yaqin hududlarda joylashgan. Shuning uchun ular umumiy ko‘chmas mulk bozorining emas, balki yuqori daromadli qatlamning ehtiyojiga xizmat qilmoqda.
Батафсил →