$
 12060.55
-36.78
 14183.21
-50.51
 161.32
0.79
weather
+26
Кечаси   +14°
server

Xavfsizlikka tahdid: Qaysi o‘zbek serverlariga buzib kirildi?

So‘nggi kunlarda 15 million O‘zbekiston fuqarosining shaxsiy ma’lumotlari Dark Web’da tarqalganligi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu voqea mamlakatdagi elektron hukumat tizimlari va shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligi bilan bog‘liq jiddiy xavotirlarni yuzaga keltirdi. Kiberxavfsizlik markazi bu holatni o‘rganayotganini, tez orada qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini bildirgan. Xabarlarga ko‘ra, bu ma’lumotlar turli tizimlardan o‘g‘irlangan va hozirda keng tarqalmoqda. Xo‘sh, qaysi hukumat tizimlaridagi ma‘lumotlar internetga sizdirildi?
Батафсил →
Sil

Markaziy Osiyoda sil xavfi dunyodagidan 7 baravar yuqori

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hamda Yevropa kasalliklar nazorati markazining (ECDC) 2026-yilgi yangi tahlillari Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida sil xastaligi bilan bog‘liq vaziyat hamon jiddiy tashvishga asos bo‘layotganini ko‘rsatmoqda. Muammoning eng og‘riqli nuqtasi — kasallikka chalingan har besh nafar shaxsning biri hanuz tibbiyot nazoratidan chetda qolmoqda. Aniqlanmagan yoki ro‘yxatga olinmagan bu bemorlar bilmagan holda infeksiyaning jamiyat ichida erkin zanjir hosil qilib tarqalishiga sabab bo‘lyapti.
Батафсил →
metro

Toshkent metrosida bolalar xavfsizligini ta’minlash uchun platformali eshiklar o‘rnatiladi

Metroda o‘z joniga qasd qilish holatlari, nazoratsiz qolgan yosh bolalarning platformadan tushib ketishi, hattoki tiqilinchda tasodifan yiqilib ketish holatlari uchrab turadi. Toshkent metrosi endilikda yo‘lovchilar xavfsizligini oshirish maqsadida yangi choralarni joriy qilmoqchi. Ushbu tizim 2025-yilda sinov tariqasida bekatlarning birida joriy etiladi.
Батафсил →