$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Markaziy Osiyoning 3 ta davlatini titratgan zilzila natijalari

Zilzila

Bugun Qozog'istonning Olmota shahrida kuchli magnitudali zilzila sodir bo'ldi. Buning natijasida zilzilaning ta'siri O'zbekiston hamda Qirg'iziston hududlarida ham sezildi. 

Shaharda chalingan sirenalar 

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, soat 11:22 da Olmaotada zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila epitsentri Qozog‘istonning Olmaota shahridan 31 km janubda joylashgan. Olmaotada zilzila kuchi 5 ballni tashkil etgan. 

Buning ortidan zilzila oqibatida sodir bo'lgan fojealar tasvirlangan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalidi. Unga ko'ra, videolarda odamlar kvartira, ofislaridan ko'chaga yugurayotgani, mashinalarning signalizatsiyasi ishlab ketgani, shahar sirenasi chalingani tasvirlargan.

“O‘zaro hamkorlik algoritmiga ko‘ra, tegishli davlat organlari xabardor qilindi. Ichki ishlar organlarining tezkor navbatchisiga shahardagi bino va inshootlarni vayron bo‘lganligi va shikastlanganligini vizual tekshirish to‘g‘risida ma’lumot to‘plash uchun ma’lumotlar kiritildi, vayronagarchiliklar mavjudligi va hayotni ta’minlash ob’ektlari faoliyati monitoringi olib borilmoqda”, deyiladi FVB xabarida. 

O'zbekistondagi vaziyat

Zilzila episentri Mirishkor tumanida joylashgan. Yer silkinishining sezilish kuchi 2-3 ballni tashkil etgan.

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 4 mart kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 11:29 da zilzila sodir bo‘ldi. 

Episentr: Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumani. 

Zilzila koordinatalari: 38,78 gradus shimoliy kenglik; 64,94 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4,6. Chuqurlik 8 km. Zilzila episentri Toshkentdan 457 km janubi-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi: Qashqadaryo viloyatida 2-3 ball, 73 km.

Chetda qolmagan Qirg'iziston

Zilzila epimarkazi Qirg‘iziston hududida Cho‘lpon-Ota shahridan 35 km shimoli-g‘arbda, Olmaota shahridan 40 km janubda, Bishkek shahridan 190 km shimolda joylashgan.

Mahalliy vaqt bilan soat 12:22 da sodir bo‘lgan zilzilaning kuchi epimarkazida 6 balli deb topilgan. Respublikaning aholi gavjum hududlarida zilzila intensivligi: Cho‘lpon-Ota shahrida – 4 ball, Bishkek shahrida, Qumtor konida, Qorako‘l shahrida – 3,5 ballni tashkil etgan.

Zilziladan bir necha soniya oldin telefonlarga 5,4 magnitudali zilzila kutilayotgani haqida xabar kelgan.

Oxirgi silkinish 23-yanvarda bo'lgan 

Ma'lumot uchun, 23-yanvarga o‘tar kechasi Olmaota aholisi kuchli yer silkinishini his qilgan edi. Zilzila 5 balli deb baholangan. Olmaotadagi zilzila oqibatida 60 dan ortiq kishi turli darajada tan jarohati olgani ma’lum bo‘ldi. Olmaota viloyatida zilziladan keyin 40 dan ortiq binolarda yoriqlar aniqlangan.  

Taxmin qilinayotgan 12 ballik zilzila 

Keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda Olmaota shahrida yaqin kunlarda 12 balli zilzila sodir bo‘lishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi buni rad etdi va zilzilaning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan aniq vaqt va joyni prognoz qilishning deyarli imkoni yo‘qligini bildirdi.

23-fevral kuni Qozog‘istonning barcha hududlarida rejali seysmik tayyorgarlik ishlari o‘tkazildi. Olmaota Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Nurlan Atiqayev mazkur tadbir aholini ekstremal vaziyatlarga tayyorlash va xavfsizlik madaniyatini oshirish maqsadida o‘tkazilganini aytgan.

Теги :
Jamiyat