$
 12965.34
-14.82
 14525.07
-81.5
 161.34
-0.29
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda qulayliklar yaratilmoqda

positive

Zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda qulayliklar yaratilmoqda

Tayyor zargarlik buyumlariga import bojxona boji kamaytirilmoqda hamda zargarlikda foydalaniladigan asbob-uskunalarga nisbatan bojxona boji bekor qilinmoqda.

Sohadagi prezident farmoni

"Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra:

2024–2026-yillarda Buxoro va Namangan viloyatlarida bittadan hamda Toshkent shahrida ikkita zargarlik markazlari tashkil etiladi;

Yil yakuniga qadar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning yillik ishlab chiqarish hajmlari 1 milliard AQSH dollariga va eksport ko‘rsatkichi 100 million AQSH dollariga yetkaziladi;

Kelasi yil 1-yanvargacha zargarlik markazlarini tashkil etish uchun davlat ko‘chmas mulk obyektlarini yaxlit mulk sifatida yoki lotlar, qismlar va xonalarga bo‘lgan holda tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklariga uzoq muddatli ijaraga yoki mulk huquqi asosida, qiymatini bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlarida realizatsiya qilish choralari ko‘riladi.

To'lovni kechiktirishda foizsizlik chegarasi

 Farmonga muvofiq tashkil etiladigan zargarlik markazlaridagi ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni kechiktirib to‘lash sharti bilan sotishda:

90 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga – foiz hisoblanmaydi;

91-kundan boshlab 180-kungacha amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga – yillik 3 foiz miqdorida foiz hisoblanadi.

Tayyor zargarlik buyumlariga import bojxona boji kamaytiriladi

Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-noyabrdan:

Jismoniy shaxslarga og‘irligi 200 grammgacha bo‘lgan kumushdan hamda 65 grammgacha bo‘lgan oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, ushbu miqdorlardan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi;

Toki 2027-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan tayyor zargarlik buyumlariga nisbatan import bojxona bojlari 20 foizdan 10 foizgacha kamaytiriladi.

Zargarlik uskunalari uchun endi bojxona boji yo'q

Farmonga ko‘ra, joriy yilning 1-avgustidan xorijiy ko‘rgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun olib chiqiladigan tayyor zargarlik buyumlarini "vaqtincha olib chiqish" bojxona rejimiga joylashtirishda yig‘im BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi. 

Bundan tashqari, tasdiqlanadigan ro‘yxatlar asosida import qilinadigan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan hamda zargarlik sohasida foydalaniladigan asbob-uskunalar, qadoqlash va etiketkalash mahsulotlari bojxona bojidan ozod etiladi.

Теги :
Jamiyat