$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Zararkunanda hasharotlar tufayli yaroqsiz deb topilgan xonadon egalari davlat tomonidan yangi uy-joy bilan ta’minlanadi

tarakan

Agar uyingiz termitlar, tarakanlar yoki boshqa zararkunanda hasharotlar tufayli yashashga yaroqsiz holga kelgan bo‘lsa, davlat tomonidan yangi uy-joy bilan ta’minlanish imkoniyati yaratilmoqda. Bu Vazirlar Mahkamasining 4-noyabrdagi qarorida nazarda tutilgan. 2025-yil 1-yanvardan boshlab tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan termitlar va boshqa hasharotlar tomonidan zararlangan uy-joylarni aniqlash bo‘yicha komissiyalar tomonidan davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali davlat xizmati ko‘rsatilishi rejalashtirilgan edi. Ushbu xizmat yordamida my.gov.uz portalida turar joy holatini bepul baholash va tegishli xulosa olish mumkin.

Xizmatning afzalliklari

Davlat xizmatlari portali orqali fuqarolar o‘z uy-joylarining holatini baholatish uchun mutaxassislar chaqirishlari mumkin. Agar komissiya sizning uyingizni yashash uchun yaroqsiz deb topgan bo‘lsa, davlat tomonidan yangi uy-joy taqdim etilishi kafolatlanadi. Muhimi, ushbu xizmatdan nafaqat uy egasi, balki shunday uylarda yashovchi ijarachilar ham foydalanishi mumkin.

Qanday murojaat qilish mumkin?

 1. Davlat xizmatlariga murojaat my.gov.uz portali orqali ariza topshiriladi.

 2. Maxsus davlat komissiyasi uyning holatini tekshiradi va xulosa beradi.

 3. Agar komissiya xulosasida uyingiz yashash uchun yaroqsiz deb topilsa, bu sizni davlat tomonidan yangi uy-joy bilan ta’minlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ariza beruvchidan davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishda tasdiqlangandan keyin 10 daqiqa ichida komissiyaga elektron shaklda beriladigan anketadan tashqari qo‘shimcha hujjatlar yoki ma’lumotlar talab qilinmaydi.

Komissiyaning vazifasi

Komissiya yetti ish kuni davomida so‘rovnomani ko‘rib chiqib, uy-joy joylashgan hududga chiqqan holda quyidagilarni aniqlaydi:

uy-joyning termitlar va boshqa hashoratlardan zararlanganlik darajasini;

uy-joyning termitlar va boshqa hashoratlardan zararlanganligi natijasida uy-joyning texnik holatini;

uy-joyning termitlar va boshqa hashoratlardan zararlanganligi natijasida uy-joyda yashash imkoniyati mavjudligini;

uy-joyning termitlar va boshqa hashoratlardan zararlanganligi natijasida uy-joyni yaroqsiz holatga kelganligini.

Ariza qachon rad etiladi?

Davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

so‘rovnomada noto‘g‘ri yoki xato ma’lumotlar ko‘rsatilganda;

ariza beruvchi tomonidan Komissiyaga uy-joyni ko‘zdan kechirish uchun imkon berilmaganda yoki ko‘zdan kechirishga to‘sqinlik qilinganda;

uy-joyning termitlar va boshqa hashoratlardan zararlangan bo‘lishiga qaramay, uning texnik holati yashash imkonini berganda;

uy-joyda termitlar va boshqa hashoratlardan zararlanish holatlari aniqlanmaganda.

Davlat xizmatini boshqa asoslarga ko‘ra rad qilish taqiqlanadi.

Portalda hasharot turlarining aniq ro‘yxati keltirilmagan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, xizmatdan foydalanish uchun allaqachon 15 dan ortiq murojaat qabul qilingan, shundan 5 tasi bekor qilingan.